Operativ-texnik hisob deganda xo‗jalik bo‗limlari tomonidan u yoki bu maqsadda
yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‗limini xodimlarni ishga o‗z vaqtida
kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‗ini yoki masterining stanoklarni ish
holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‗la oladi.
Boshqaruv hisobi – bu xo‗jalik rahbariyati talablariga ko‗ra boshqaruvga tegishli
qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi.
Bunday hisobni xo‗jalikning hamma bo‗limlari olib borishlari mumkin.
Ishlab chiqarish hisobi – bu xo‗ jalikni ishlab chiqarish jarayonlari va ularning
natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi
negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja,
haqiqiy tannarx usullari.
Tashqi hisob deganda xo‗jalik faoliyati to‗ g‗risidagi axborotlarni tashqi axborot
foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Tashqi hisobga
qo‗ yidagilarni kiritish mumkin:
Moliyaviy hisob
Statistika hisobi
Moliyaviy hisob deganda xo‗jalik moliyaviy faoliyati to‗g‗risidagi axborotlarni
asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy
hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‗rinishida taqdim etiladi.
Moliyaviy hisob ma‘ lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar.
Moliyaviy hisob ma‘ lumotlarini keng iste‘ mol qiluvchi tashqi va ichki
foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan.
Statistika hisobi deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va
jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi.
Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‗lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob
ma‘ lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob
davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi.
Davlat tomonidan tartibga solinishiga ko„ ra xo‗jalik hisobini ikki turga bo‗lish
mumkin:
Reglamentlashtiriladigan
Reglamentlashtirilmaydigan