«Korxonalarda buxgalteriya hisobi» nomli ikkinchi bo‗limda korxona hisob
siyosatining mazmuni, tarkibi, tuzilishi va taqdim etilishi ko‗rsatilgan. Ushbu bo‗limning
alohida boblarida korxonalarning uzoq va qisqa muddatli aktivlarini, majburiyatlarini,
xususiy kapitali va oxirgi moliyaviy natijalarini hisobga olish tartibi qabul qilingan milliy
standartlarga muvofiq yoritilgan. Ushbu bo‗limning oxirgi bobida moliyaviy
hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi ochib berilgan. Sho‗‘ ba korxonalarga ega
bo‗lgan bosh korxonalarda konsolidatsiyalashtirilgan hisobotlarni tuzish tartibi
keltirilgan, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz beradigan holatlar
va xodisalarning mohiyati va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi ko‗rsatilgan.
«Audit asoslari» nomli uchinchi bo‗limda auditning mohiyati, turlari, maqsadi,
vazifalari, auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari,
javobgarliklari, aditorlarning ishchi hujjatlari, auditda qo‗llaniladigan usul va
uslublarning mohiyati ochib berilgan. Ushbu bo‗limda auditni rejalashtirish va tashkil
qilish bosqichlari, uni o‗tqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xo‗jalik
faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlari, balans moddalarining realligini auditorlik
tekshiruvidan o‗tqazish ketma-ketligi, ular bo‗ yicha auditorlarning mumkin bo‗lgan
xatarlari, audit tekshiruvi natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish
tartiblari ko‗rsatib berilgan.
O‗quv qo‗llanmadan joy olgan har bir bobda unga kiritilgan mavzular bo‗ yicha
o‗z-o‗zini nazorat qilish uchun test savol-javoblari berilgan. Mavzularni yoritishda
talabaga eslab qolishga o‗ng‗ay va oson bo‗lishligi uchun tasniflashlar, baholash
usullari, amaliy misollar va hujjatlar chizmalar, jadvallar va ilovalar ko‗rinishida
keltirilgan.
O‗quv qo‗llanmaning har bir bobida mavzularni chuqur o‗rganish uchun me‘ yoriy
hujjatlar va maxsus davriy adabiyotlar ro‗ yxati keltirilgan.
O‗quv qo‗llanmani takomillashtirish bo‗ yicha taklif va mulohazalaringizni
Samarqand shaxri, Amir Temur ko‗chasi, 9-uyga yuborishlaringizni so‗rayman.