Исследование в XXI веке январь, 02 г 1265 favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari



Yüklə 79,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü79,72 Kb.
#198346
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7
Iminov Fazliddin Isaqjonovich


часть
1
 
«
Новостиобразования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
1268 
zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik keltiruvchi (8 va 
undan ortiq ball) silkinishlarga bo‘linadi. Zilzilaning tektonik, vulqon va o’pirilish turlari 
mavjud. Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni tashkil etadi. Odamlar 
o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni 
vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi 
yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar. Ko‘chki - tog‘ va jar 
yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining 
og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi. 
Sunami - asosan suv osti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydonlarining pastga 
yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz to‘lqinidan iborat xavfli tabiiy 
hodisa. Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. sunami boshlanishidan avval, 
odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chekinadi, dengiz tubi yuzlab metr, hatto bir necha 
ming metrga ochilib qoladi. bu holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi. 
to‘lqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kechishi mumkin. 2. 
gidrometeorologik xavfli hodisalar: odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va 
qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, 
ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish 
tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar; suv toshqini 
- qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida haydab kelinishi, muz 
bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki dengiz suvlari sathining keskin 
ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini suv ostida qolishi. suv ko‘tarilishi - suv 
sathining qisqa muddatda jadal ko‘tarilishi. kuchli jala, ayrim hollarda qor erishidan paydo 
bo‘ladi. Sel - tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘ jinslari 
bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim. Aholi 
punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, 
turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin 
bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik 
hodisalar. Qor ko‘chkisi - 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan yoki 
pastga surilayotgan qor massasi. 
Dovul - tezligi 120 km/s, er yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etuvchi shamol. 
Bo‘ron - tezligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. u siklon 
davrida kuzatiladi va dengizda katta to‘lqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni keltirib 
chiqaradi. Quyun - momoqaldiroq bulutida yuzaga keluvchi va ko‘pincha er yuzasigacha 
diametri o‘nlab va yuzlab metrga etuvchi xartum shaklida cho‘ziluvchi shamol. u uzoq 
muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.
3. favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: o‘lat, vabo, sarg‘ayma 
isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar; 
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali 
terlama, bril kasalligi, ku-isitma; 


Международный научный журнал

6
(100), 
Yüklə 79,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin