часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1267
kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti
ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar; aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga
xavf tug‘ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv
quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar; atmosfera,
tuproq, er osti va er usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada
konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lgan gaz tozalash
qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
5. odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari
o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab
qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar,
shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz
portlashi va boshqa hodisalar.
6. radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan
foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar: sanitariya - himoya hududi
tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori darajadagi radioaktivlik
odamlarning yo‘l qo‘yiladigandan ko‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik
jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi avariyalar; radioaktiv
materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar; atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf
tug‘diruvchi radioaktiv chiqindilar to‘plagichlardagi, chiqindixonalardagi, ishlam
to‘plagichlardagi va zaharli moddalar ko‘miladigan joylardagi avariyalar (o‘pirilishlar);
radioizotop buyumlarning yo‘qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan
preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa
muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo‘qotilishi bilan
bog‘liq vaziyatlar.
7. gidrotexnik halokatlar va avariyalar: suv omborlarida, daryo va kanallardagi
buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda
suv bosgan hududlarda odamlar o‘limiga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari ishining,
aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab
qiladigan halokatli suv bosishlari.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar: 1. geologik xavfli hodisalar: odamlar o‘limiga,
ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya
ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi
binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot
faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar; zilzila - yer qobig‘ida yoki yuqori
mantiyadagi to‘satdan surilishlar va yorilishlar oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar
ko‘rinishida uzoq masofalarga uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari. Yer
qobig‘idagi seysmik to‘lqinlar tarqalayotgan nuqtani zilzila gipotsentri deyiladi. yer
yuzasining gipotsentr ustidagi joyi epitsentr deyiladi. Zilzila kuchi 12 balli seysmik shkala
(msk-64) bilan o‘lchanadi. zilzilaning energetik tasnifi uchun magnitudadan foydalaniladi.