часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1269
zoonoz infeksiyalar - sibir yarasi, quturish;
virusli infeksiyalar - spid;
epidemiya - alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki
yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi
punktida - 50 kishi va undan ortiq;
aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish - 20 kishi va undan ortiq;
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi - 15 kishi va undan ortiq;
o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq
bo‘lgan vaziyat;
zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni -
2 kishi va undan ortiq:
oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni
- 2 kishi va undan ortiq;
epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
epifitotiya - o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar: 1. quruqlik (tuproq, er osti)ning holati
o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: halokatli ko‘chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog‘ida
yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer
yuzasining o‘pirilishi, siljishi; tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar
bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llaniladigan
pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi. 2. atmosfera (havo muhiti) tarkibi va
xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar: havo muhitining quyidagi ingridientlar
bilan ekstremal yuqori ifloslanishi: oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli
oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda
antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
- katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari
yog‘ilishi; radiatsiyaning yuqori darajasi. 3. gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq
vaziyatlar: yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi
mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va
boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi; binolar, muhandislik
kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib
kelgan sizot suvlar darajasining oshishi; suv manbalari va suv olish joylarining zararli
moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin etishmasligi.
Favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari. Zilzilagacha ko‘riladigan chora-
tadbirlar: zilzila, uning oqibatlari, etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish yo‘llari
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. xavfli sharoitda mohirona va qat’iyatli harakat qilishga
ma’nan va ruhan o‘zini tayyorlash. Zilzilaga qanday tayyorlanish kerak? avvaldan uyda,