часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1266
transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan,
yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va o‘zbekiston hududiga daxl qiladigan fv
tegishli bo‘ladi.
1. texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. Transport avariyalari va halokatlari: ekipaj
a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq
shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l
xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar
imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi
zaharli modda (ktkzm)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan
temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar); portlashlarga, yong‘inlarga,
transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan ktkzmlarning zararli xossalari
namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan
avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;
odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari
parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar,
avariyalar, yong‘inlar; gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga,
ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi
avariyalar.
2. kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar: atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi
zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning
odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq
miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli
ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
3. yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar: texnologik
jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli
moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning
mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish
fondlarining nobud bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining
va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va
portlashlar; odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda
qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus
anjomlarini va vositalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda
sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.
4. energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya
ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan ges, gres,
teslardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon qurilmalaridagi,