5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 441,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/36
tarix26.12.2023
ölçüsü441,32 Kb.
#198398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Nazariy bilim va uning shakllari.
Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil 
vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya 
qiladi), yo u bilan to’qnashadi va uning asossizligini ko’rsatadi (fal’sifikatsiya qiladi). Biroq, 
boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig’indisini 
shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o’zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. 
SHunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi 
hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o’zaro aloqasi va harakati, 
ularning o’zaro nisbati nazariy bilimga xos bo’lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini 
belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, 
tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Ilmiy muammo.
Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, 
inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo’yishdan ularni yechishga o’tish, 
so’ngra yangi muammolarni qo’yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq muammoning haqiqiy 
o’rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi 
nimada? Ilmiy muammolar doirasi qanday? 
Muammo
 
– bilishning rivojlanish jarayonida ob’yektiv tarzda yuzaga keladigan, 
yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo’lgan masala yoki masalalar 
majmuidir. SHuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – 
biron-bir hodisalar, ob’yektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar 
ko’rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli 
holatdir.
Muammoni to’g’ri qo’yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim shartidir. To’g’ri 
qo’yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg’itadi.
Muammoni qo’yish – ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni 
qo’yishda, avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning 
mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan holda uni ta’riflash lozim.
Ilmiy muammolar predmetga yoki protseduraga doir bo’ladi. Predmetga doir 
muammolarda o’rganilayotgan ob’yektlar, protseduraga doir muammolarda esa – bilim olish va 
uni baholash usullari aks etadi. O’z navbatida, predmetga doir muammolarning empirik va 
konseptual, protseduraga doir muammolarning metodologik va baholash bilan bog’liq turlari 
farqlanadi. Empirik muammolarni yechish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish bilan bir 
qatorda, predmetlar bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual muammolar 
borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir muammolardan farqli o’laroq, 
protseduraga doir muammolar doim konseptual xususiyatga ega bo’ladi; protseduraga doir 
muammolar o’rtasidagi farq shunda ko’rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada 
ko’rinishida yechimga ega bo’lishi mumkin emas, baholash bilan bog’liq muammolar esa fanga 
mezon vazifasini bajaruvchi ko’rsatkichlar va mo’ljallarni olib kiradi.
Empirik muammo avvalo ma’lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik muammolarga 
kuzatish, eksperiment, o’lchash kabi ilmiy metodlar yordamida javob topish mumkin. Bundan 
tashqari, yechimini topish uchun asboblar yasash, reaktivlar tayyorlash va hokazolar kerak 
bo’lgan muammo ham empirik hisoblanadi.
Konseptual muammolar ilgari olingan ko’p sonli ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lib, 
ularni tartibga solish va talqin qilish, oqibatlarni keltirib chiqarish va gipotezalarni shakllantirish, 
mantiqiy izchillik talablariga muvofiq qarama-qarshiliklarni bartaraf etishni nazarda tutadi.


Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog’liq: ularni yechish 
yo’li bilan ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni yechish, kuzatish va eksperimentlar o’tkazish 
tartibi aniqlanadi, mo’ljallanayotgan konseptual protseduralar belgilanadi va h.k.
Baholash bilan bog’liq muammolar empirik ma’lumotlar, gipotezalar, nazariyalar va 
shu kabilarni baholash, hatto muammoning o’zi qay darajada to’g’ri tuzilgan va ta’riflanganligini 
baholashni nazarda tutadi. Muammo to’g’ri qo’yilgan deb hisoblanishi uchun: 
1) o’rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo’lgan muayyan ilmiy 
bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo’lishi; 
2) muammo shaklan to’g’ri tuzilgan bo’lishi; 
3) muammo o’rinli bo’lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo’lmasligi; 
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo’lishi; 
5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko’rsatilgan bo’lishi; 
6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi 
shartlar qabul qilinishi lozim.
SHunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o’z yechimini 
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo’yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida yechilmay 
qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida yechilmay kelgan), ayrim 
muammolar o’z yechimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi, burchak triseksiyasi va 
kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan 
avlodlari diqqat markazidan butunlay yo’qoladi.
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: 
- U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo’naltiradi.
- YAngi bilim olishga qarab mo’ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari intiladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nima?», «ob’yekt nima?», 
«harakat nima?», «aql nima?» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim fanlarning 
chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanmaydi.
O’z-o’zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo’lavermaydi. Ilmiy 
muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy asoslar 
negizida qo’yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy metodlar yordamida 
o’rganiladi.
Teran, samarali yechimini topadigan muammolarni yaratishning umumiy metodi 
mavjud emas. SHunga qaramay, fan tarixi ko’pgina hollarda teran ilmiy va samarali muammolar 
quyidagi to’rt mo’ljalni ro’yobga chiqarish paytida yuzaga kelganligidan dalolat beradi: 
1) ilgari qo’yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu yechimlar 
bir qarashda shak-shubhasiz bo’lib ko’rinsa ham, tanqidiy yondashish lozim; har qanday holatda 
ham ayrim kamchiliklarni topish yoki hech bo’lmasa topilgan yechimni umumlashtirish ayrim 
holatga tatbiqan muayyanlashtirish mumkin; 
2) yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlarni tatbiq etish, ularning yaroqli yoki 
yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning yechimi o’z kuchini saqlab qolsa, buning 
natijasida nafaqat yechimlar, balki muammolar ham umumlashtiriladi, agar yechim yaroqsiz 
bo’lsa, muammolarning yangi majmui yuzaga keladi; 
3) ma’lum muammolarni yangi sohalarga ko’chirish yoki unga yana bir ko’rsatkich 
kiritish yo’li bilan ularni umumlashtirishga harakat qilish lozim; 
4) muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan bog’lash, 
muammolarni kompleks o’rganishga harakat qilish kerak.
Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo’lib, bu yerda 
metodikadan ham ko’ra ko’proq intuitsiya va tajriba ish beradi.
Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy o’zlashtirish 
qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir.
Ilmiy muammo bilimlarning izchilligi, ularning fundamentalligi va ixtisoslashuvini 
uyg’unlashtirish, turdosh fanlar metodlaridan foydalanish, bilimlarni ilmiy umumlashtirish va 


tizimga solish ko’nikmalarini ishlab chiqish, shuningdek o’rganilayotgan masalalarni tanqidiy 
tahlil qilishni o’z ichiga oladi. U bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga da’vat etadi, yangi 
muammolarni mustaqil qo’yish, ularning yechimlarini izlash va topishga qiziqishni kuchaytiradi. 
Ayni vaqtda, ilmiy muammo zarur intellektual keskinlikni vujudga keltiradi, bilish jarayonidagi 
qiyinchiliklarni yengish, ijodiy tafakkur ko’nikmalarini shakllantiradi.
Bosh vazifa – u yoki bu mavzuga mos keladigan muammolarni topish, farqlash va aniq 
ta’riflash. Puxta ishlab chiqilgan va to’g’ri ta’riflangan muammo ilmiy hamda ijodiy jihatdan 
diqqatga sazovor bo’lishi mumkin.
Ilmiy muammo sof informativ xususiyatini yo’qotadi, tayyor bilim berishdan iborat 
bo’lmay qoladi va yangi bilim izlash, haqiqiy ijodiy bilish jarayoniga aylanadi. Insonga zarur 
bilimlar hajmi jadal sur’atlarda oshib borayotgan hozirgi sharoitda dalillarning ma’lum 
yig’indisini o’zlashtirishga qarab mo’ljal olishning o’zi kifoya qilmaydi. O’z bilimlarini mustaqil 
to’ldirish, ilmiy va siyosiy axborotlarning jo’shqin oqimida mo’ljal olish ko’nikmasini 
shakllantirish muhimdir. Bu tamoyillardan hozirgi davrda inson ega bo’lgan bilimlarning oddiy 
yig’indisi emas, balki uning bilimlari ijodiy qobiliyati va g’oyaviy e’tiqodi bilan uyg’unlikda har 
tomonlama yetuk shaxsning bosh mezonidir, degan xulosa kelib chiqadi.

Yüklə 441,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin