O„ZBEKISTON - MENING VATANIM
O„ZBEKISTON MENING VATANIM
Ta‟limiy faoliyat maqsadlari
Ta’lintiy:
tarbiyalannvchilarni ona Vatanga nisbatan muhabbat ruhida tarbi-
yalash, ularda vatanparvarlik tuyg„usini rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi:
turli hikoyalar, so„z o„yinlari vositasida tarbiyalanuvchilar
nutqini rivojlantirish;
Tarbiyaviy:
tarbiyalanuvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularda ja-
moa bo„lib ishlash konikmasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar:
АКТ, O„zbekiston xaritasi, O„zbekiston bayrog„i.
Ta‟limiy faoliyatning borishi
Tarbiyachi:
-
Assalomu alaykum, mening qadrdon bolajonlarim. Bugungi
ta‟limiy faoliyatimizda ona Vatanimiz haqida suhbatlashamiz. Qani,
bolajonlar,
kim aytadi, nima uchun biz Vatanimizni ona Vatan deb ataymiz?
1-bola:
- Chunki u onamiz kabi muqaddas, onamiz singari mehribon.
Tarbiyachi:
- Faqat onagina o„z farzandining beminnat yaxshi ko„radi, uni
e‟zozlaydi. Ona farzandining qandayligidan qat‟i nazar, u uchun jon fido qiladi,
ardoqlaydi. Vatan ham xuddi munis onalarimiz singari bizdan hech narsa so„ra-
maydi, boqadi, ardoqlaydi. Shuning uchun ham Biz Vatanni ona kabi sevishimiz,
uning xizmatiga tayyor bo„lishimiz zarur.
Bolajonlar, endi diqqatingizni monitorga qarating.
(Monitorda О„zbekiston xaritasi ko„rsatiladi.)
Tarbiyachi:
- Bolajonlar, dunyoda shaharlar ko„p. Har bir yurt o„sha yerda
tug„ilgan inson uchun Vatan hisoblanadi.
Shunday ekan, har bir inson o„z
Vatanini yaxshi ko„radi, uning uchun fido bo„ladi.
Bolajonlar, bu O„zbekistonning xaritasi. Unda hamma viloyatlar ko„rsatilgan.
O„zbekiston jahonda o„z o„rni va nufuziga ega. Bilasizlarmi, bolajonlar,
sportchi- lar musobaqada ishtirok etib g„olib bo„lganlarida O„zbekiston bayrog„i
yuqoriga ko„tarilib, madhiyamiz yangraydi. Ana shu jarayonni televizor orqali
ko„rib dilim- da o„zgacha g„urur va iftixor tuyg„ularini tuyaman.
Sizning ham
orangizda sport- chi bo„lishni istaganlar bormi?