Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
100 Norqulov tomonidan yakunlangan. Bu asar uning nomzodlik dissertatsiyasi uchun
asosiy manba boʻlib xizmat qilgan va nomzod uni mashhur sharqshunos olim A. K.
Arends rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Sovet tarixshunosligida Buxoro amirligi tarixiga berilgan baho asosan salbiy edi.
Bu davr reaksiya, turg'unlik va tanazzul davri sifatida qaraldi. Bu borada Buxoroning
mang‘it amirlari hukmronligi davri voqealarini o‘rganishda biryoqlamalik hukm surdi.
Mirzo Salimbek qo‘lyozmasi esa bizga ushbu davr haqida atroflicha bilim bera oladi.
ASOSIY QISM Mirzo Salimbek umri davomida u yoki bu mansabda bo‘lib, har bir badavlat
musulmonga yarasha madrasa qurdirib, yer va mol-mulkining bir qismini vaqfga
bergan. Qabr va masjidlarni taʼmirlagan, ariqlar qurgan, adabiy faoliyat bilan
shugʻullangan va hokazo. Mirzo Salimbekning adabiy merosi ma’lum bir qadriyatga
ega. U qator tarixiy, adabiy va diniy asarlar muallifi. Tarixchi olimning asosiy asari
“Tarixi Salimiy” – uning xotiralaridir. O‘zi ta’kidlanganidek, qo‘lyozma faqat bir
nusxada mavjud. U Buxoro amirligining keyingi davr tarixiga bag‘ishlangan. Mirzo
Salimbek o‘z asarini 1917-yilda yozishni boshlagan va 1920-yilda tugatgan, buni
qo‘lyozmaning bir necha joyidagi xronologik sanalar tasdiqlaydi [Мирза Салимбек.
Тарих-и Салими (Источник по истории Бухарского эмирата) / Перевод с
персидского Н.К.Норкулов. — Тошкент. 2009.C.4].
Mirzo Salimbekning “Tarixi Salimiy” asari muhim tarixiy manba bo‘lib, Buxoro
amirligida hukmronlik qilgan so‘nggi amirlar faoliyati, Buxoro amirligidagi
shaharlarning hayoti, moddiy madaniyati, hunarmandchiligi, amirlikning boy tarixi
haqida ma’lumotlar berilgan.
«Tarixi Salimiy» muallifi Buxoroning so‘nggi amirlari faoliyatiga juda
ehtiyotkorona baho beradi. U oʻsha davr ruhida Buxoro hukmdorlarini “adolatli va
gʻolib hukmdor”, “xoʻjayin”, “barcha dindorlar hukmdori” va boshqa ta’riflarni beradi.
Salimbek Amir Muzaffarni Chingizxon bilan solishtiradi. U yozadi: “Amir Muzaffar
qishda, kuchli ayozda, katta qoʻshin bilan Hisorga yoʻl oldi. U yerga yetib kelganida
shunday qirg‘in qildiki, u haqida eshitganlarni hayratda qoldirdi va Chingizxonning
to‘kkan qonlarini eslatdi, dovdirab qolgan raqiblar hayratdan barmoqlarini tishladilar”.
Shu bilan birga, Salimbek Rossiya imperiyasi qoʻshinlarining Buxoro amirligiga
hujumini tasvirlab, amir Muzaffarning “rus qoʻshinlari bilan uchrashib, jang qilmay,
qochib, Samarqandga qaytib kelganini ham sovuqqonlik bilan qayd etadi. Mirzo
Salimbek amirlik muxoliflarini, Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining bo‘lginchiligini
qoralab, ularni “qo‘zg‘olonchilar” deb ataydi. Salimbek turli yillarda Yakkabogʻ,