Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 403
w www.oriens.uz October 2021 • «O‘zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho‘rtan GKM» MChJ — ishlab
chiqarish quvvatini oshirish" — 122,7 mln dollar);
• «O‘zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab
chiqarish — 48 mln dollar);
• ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommuni-katsiya
tarmog‘ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar);
• «O‘zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar.
Davlatning investisiya faoliyati, davlatni o‘zining funksiyalarini bajarish
jarayonida vujudga keladi, ya’ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish,
islohotchilik, ekologik, ijtimoiy va boshqalar. Investisiya faoliyati orqali davlat
iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga real ta’sir ko‘rsatadi, xalq xo‘jaligi
samaradorligini o‘sishini, alohida tarmoq va hududlarni rivojlanishidagi
to‘sqinliklarni yo‘q qilishni, yagona iqtisodiy hududni saqlab qolishni ta’minlaydi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlatning
markazlashtirilgan kapital quyilmalari faqat quyidagilarga ajratiladi;
- respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
investisiya loyihalarini davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni
amalga oshirishga;
- egasining nomi ko‘rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joy qurilishiga;
- aholi yashaydigan joylarning, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-
joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
- yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo‘jaligi
qurilishi va kichiq gidroenergetikani rivojlantirishga;
- maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infrato‘zilmasining boshqa
tarmoqlari ob’ektlarini qurilishiga;
- davlat boshqaruvi organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy
muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga;
- umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy
ofatlardan himoya qilish inshoatlarini qurishga.
Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirildigan markazlashtirilgan kapital
qo‘yilmalar limitlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:
- davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag‘lari
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini shakllantirish
chog‘ida va yig‘ma byudjet tarkibida tasdiqlanadi. Hukumat kafolati ostida jalb
qilinadigan xorijiy investisiyalar va kreditlar esa, alohida ustuvor investisiya
loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosida