Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
402
w
www.oriens.uz
October
2021
o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy ijro
hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29-apreldagi PQ-4300
sonli
“Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorga asosan quyidagi yo‘nalishlarda Davlat dasturi belgilab olindi:
kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar, bank-sug‘urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi
davlat aksiyalar
(ulushlar) paketlarini sotish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun tayyor investisiya
takliflarini ishlab chiqish;
investisiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show»)
va marketing
kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor
yo‘nalishlarni tashkil etish.
Investision jozibadorlikni oshirish maqsadida ushbu qaror doirasida chet el
investorlariga istiqbolli investisiya loyihalari taklif qilindi:
- Yoqilg‘i-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investisiya takliflari (takliflar
soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSh.doll.)
-
Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat
sohalarida investisiya takliflari (takliflar soni– 13, takliflar qiymati — 537,3 mln
AQSh.doll.)
- Qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash sohasida
istiqbolli takliflar (takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSh.doll.)
- Yo‘l-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xo‘jaligi qurilishi va qurilish
materiallari ishlab chiqarish sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 5, takliflar
qiymati — 534,3 mln AQSh.doll.)
- Ijtimoiy, turistik va farmasevtika sohalarida istiqbolli takliflar (takliflar soni —
22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSh doll.)
Hisobotga ko‘ra, 2020 yilda kafolatlanmagan
xorijiy kreditlar quyidagi
tarmoqlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha)
o‘sdi
1
, jumladan:
• NKMK — 636,5 mln dollar;
1
Stat.uz расмий сайти маълумотлари асосида тузилган.