- Yozilgan scrzlar nimalarni bildirmoqda?
- Narsalarni,
O'qituvchi narsani ko'rsatadi.
- Bu nima?
- Kitob.
«Juftlikda ishlash».
Biz narsaning nomini aytciik. Yozgan so'zlarimizni rasm daftariga
chizing (5-6 ta). Chizilgan rasmlardan ko'rgazma tashkil etiladi. Ko'r
gazmali rasmlar asosida
otlar guruhlarga ajratiladi, bolalar juftlik
da ishlab biri «Kim?», ikkinchisi «Nima?» so'rog'iga javob beruvchi
otlarni misollar bilan keltiradi. O'qituvchi yordamida otga ta’rif
beriladi xulosa qilinadi.
Rasmlaringizga qarab har bir ot ishtirokida gap tuzing. Aytilgan
gaplar
asosida hikoya tuzing, masalan:
- Men kitob sotib oldim. Kitobda qiziqarli ertaklar juda ko'p ekan.
Men ularni ukamga o'qib berdim.
O'qituvchi savol tashlaydi:
- Qanday ertaklarni bilasiz? Siz ham uka-singillaringizga ertaklar
so'zlab berasizmi? Uka-singillaringiz xursand bo'lishadimi? Bolalar
sanab o'tadi. So'ng biror bir ertakning qisqacha mazmunini so'zlab
berish taklif etiladi.
4. Bu bosqichda dars ikki yo'nalishda ketishi mumkin:
1) ertakning qisqacha
mazmuni daftarga yoziladi, muhokama
qilinadi:
2) ertak rasm albomida tasvirlanadi,
muhokama qilinadi, tasvir-
langan rasmlar asosida galereya hosil qilinadi. «Galereya» so'ziga izoh
beriladi, buyuk musavvirlarning nomlari keltiriladi,
Galereya - buyuk rassomlarning ijodini
namoyon etadigan maxsus
bino, joy. Kamoliddin Behzod, O'rol Tansiqboyev,
Chingiz Axmarov
kabi buyuk rassomlarimiz bor.
Mustahkamlash.
Ertak mazrnunida (tasvirida) otlarni aniqlang. Avval «Nima?»,
so'ng «Kim?» so'rogiga javob bo'luvchi otlarni ayting.
Bu bosqichda darslik bilan ish olib boriladi, mashqlar bajariladi.
B a rs yakuni.
Darsda nimalar qildingiz? Nimalarni oldingiz? O'z fikrlaringizni
ayting. Uyga vazifa beriladi. Albatta, bunday darslarni o'tish o‘qituv-