Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363
Qalqonsimon bez yallig’lanishlari 

Qalqonsimon  bezning  yallig’lanish  kasalliklari  o’tkir  yoki  surunkali 

infektsiya  ta’siri  natijasida  rivojlanadi.  O’zgarmagan  qalqonsimon  bezda 

rivojlangan yallig’lanish jarayoniga – tireoidit, avvaldan buqoq mavjud bo’lgan 

bezda rivojlangan yallig’lanish jarayoniga esa – strumit deyiladi. 

O’tkir  tireoidit  va  strumit  tana  haroratining  oshishi  bilan  boshlanadi. 

Bemorlar bosh og’rishi, qalqonsimon bezdagi kattiq og’riqqa shikoyat qiladilar. 

Og’riq  ensa  sohasiga  va  kuloqqa  ta’sir  beradi.  Bo’yinning  oldingi  yuzasida, 

qalqonsimon  bez  chegarasida  yutinishda  suriladigan  og’riydigan  shish  paydo 

bo’ladi.  Tireoiditning  og’ir  asorati,  ba’zan  sepsis  rivojlanishi  bilan 

og’irlashadigan yiringli mediastinit rivojlanishi hisoblanadi. Shuning uchun ham 

o’tkir strumit yoki tireoidit diagnozi qo’yilgan bemorlarni shoshilinch ravishda 

kasalxonaga yotkizish va jadal davolashni boshlash kerak. 

Davolash.  Bemorlarga  ta’sir  doirasi  keng  antibiotiklar,  sulfanilamid 

preparatlari, detoksikatsion muolaja, osoyishta sharoit, suyuq yumshoq ovqatlar, 

mo’l  ichimlik  va  fizioterapevtik  muolajalar  tayinlanadi.  Bezda  yumshash, 

flyuktuatsiya  belgilari  paydo  bo’lib  abstsessga  aylanganda,  yiringli  jarayon 

bo’yinga  va  ko’ks  oralig’iga  tarqalib  ketmasligi  uchun,  darhol  uni  ochib, 

drenajlash amaliyotini bajarish tavsiya etiladi. 

Yiringli  bo’lmagan  tireoidit  (de  Kerven-Krayl  granulematoz  tireoiditi) 

virusli infektsiyaga bog’liq bo’lib, kasallik klinik belgilariga ko’ra o’tkir yiringli 

tireoiditga  o’xshash  bo’ladi.  Og’riq  sindromining  bo’lmasligi  yoki  yuzaga 

chiqmaganligi,  bez  ustidagi  terining  o’zgarmaganligi  va  qo’zish  davrida 

gipertireoz  belgilarining  hamrohligi,  tahlillarda  esa  oqsil  bilan  bog’langan  yod 

miqdorining  ortishi,  uni  boshqa  turdagi  kasalliklardan  ajratib  turuvchi  belgilar 

hisoblanadi. 




 

31 


Davolash. Bemorlarga yuqorida keltirilgan muolajadan tashqari, buyrak usti 

bezi  pustlog’ining  gormonlaridan  (har  kuni  20-30  mg  dan  4-6  haftagacha) 

prednizolon  tayinlanadi.  Takrorlanganda  qalqonsimon  bez  rentgenoterapiyasi 

o’tkaziladi.  Prognozi  odatda  yaxshi,  kasallik  tez  kunda  sog’ayish  bilan 

yakunlanadi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin