Ridel surunkali fibroz tireoiditi. Kasallik qalqonsimon bezda, uning
parenximasi o’rnini qoplaydigan biriktiruvchi to’qimaning o’sib, qalinlashuvi
bilan ta’riflanadi, jarayonga atrofdagi to’qimalar qo’shiladi. Kasallik
etiologiyasi aniqlanmagan.
Klinikasi va diagnostikasi. Qalqonsimon bez diffuz kattalashgan, toshdek
kattiq atrof to’qimalar bilan tutashib ketgan. Gipotireozning o’rtacha belgilari
qayd qilinadi. Kattalashgan bezning qizilo’ngach, traxeya, qon tomirlar va
nervlarni ezishi tegishli belgilarni keltirib chiqaradi.
Davolash. Operatsiyaga qadar qalqonsimon bezning xavfli o’smasini
istisno qilib bo’lmaydi, shuning uchun Ridel tireoiditida xirurgik aralashuv
(operatsiya) talab qilinadi. Fibroz tireoid to’qima maksimal kesilib olib
tashlangach, muolaja qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |