Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   363
Klinikasi  va  diagnostikasi.  Erta  klinik  simptomlari  –  buqoq  yoki  normal 

qalqonsimon bezning tez kattalashuvi, zichligining ortishi, konturlari o’zgarishi. 

Bez  g’adir-budir,  kam  harakatchan  bo’lib  qoladi,  bo’yin  regionar  limfatik 

tugunlari  paypaslanadi.  O’smaning  harakatsizligi  va  zichlashganligi  nafas  olish 

va  yutish  uchun  mexanik  to’siq  bo’lib  qoladi.  Yutinish  qiyinlashadi,  bo’g’ilish 

va tovushning o’zgarishi sodir bo’ladi, bu tovush boylamlari pareziga aloqador 

bo’ladi.  Birmuncha  kech  muddatlarda  o’smaning  metastazlanishiga  bog’liq 

belgilar  qayd  etiladi.  Ko’pincha  bemorlar  quloq  va  ensa  sohasida  og’riq 

borligiga shikoyat kiladilar. 

Qalqonsimon  bez  o’smalarini  differentsial  diagnozi  uchun,  o’sma 

punktatini tsitologik va gistologik tekshirish ma’lumotlari asosiy ahamiyat kasb 

etadi.  Ular  kasallik  diagnozini  aniqlash  va  o’smaning  morfologik  turini 

belgilashga imkon beradi.  

Davolash.  Qalqonsimon  bezi  rakini  davolashning  asosiy  usuli  – 

operatsiyadir.  Rakning  papillyar  va  follikulyar  turlarida  (I-II  bosqich) 

ekstrakapsulyar subtotal tireoidektomiya qilinib, limfatik tugunlar taftish etiladi 

va  metastazlar  aniqlanganda,  ular  olib  tashlanadi.  Kasallikning  III  bosqichida 

qo’shma  muolaja  o’tkaziladi.  Operatsiyadan  oldingi  gamma-terapiya,  so’ngra 

esa  subtotal  yoki  total  tireoidektomiya  qilinib,  kletchatka  ikkala  tomondan  pay 

g’ilofi  bilan  birga  kesiladi.  Rakning  III-IV  bosqichlarida,  agar  operatsiyadan 

oldin  nurlash  muolajasi  o’tkazilmagan  bo’lsa,  operatsiyadan  keyin  nurlatish 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Rakning  taxassuslashgan  turlarida,  metastazlarga 

gumon  tutilgan  limfa  tugunlariga  yoki  a’zolarga  ta’sir  etish  uchun  radioaktiv 

yod  tayinlanadi.  Qalqonsimon  bezi  rakining  follikulyar  va  papillyar  turlarida 

davo  natijalari  birmuncha  yaxshi.  Rakning  taxassuslashmagan  solid  turlarida 

esa, hatto nisbatan barvaqt operatsiya qilinishiga qaramay o’ta jiddiy. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin