Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi (autoimmun tireoidit).
Kasallik autoimmun organospetsifik patologik jarayonlar qatoriga kiradi, ularda
organizmda hosil bo’ladigan antitelolar bitta a’zo komponentlariga nisbatan
spetsifik. Qalqonsimon bez noma’lum sabablar ta’siri ostida tireoglobulindan
farq qiladigan – o’zgargan gormonalaktivmas yodproteinlar ishlab chiqara
boshlaydi. Ular qonga tushib antigenga aylanadi va qalqonsimon bezning
hujayralari (tireotsitlar) hamda tireoglobulinga qarshi antitelolar hosil qiladi,
keyingisini inaktivlaydi. Bu normal tireoid gormonal sintezi buzilishiga olib
keladi. Bunga javoban, gipofiz tireotoksik gormoni sekretsiyasini oshiradi,
hamda qalqonsimon bez giperplaziyasiga sabab bo’ladi. Kasallikning so’nggi
bosqichlarida bez faoliyati, unda yod yig’ilishining pasayishi bilan parallel holda
pasayadi.
Dostları ilə paylaş: |