Tireotoksikozning og’ir turi – markaziy nerv sistemasining o’rtacha
og’irlikdagi tireotoksikozga xos buzilishlari bilan bir qatorda, mushak
sistemasida keskin sustlik, yurak-qon tomirlar sistemasidagi og’ir buzilishlar,
parenximatoz a’zolarda distrofik o’zgarishlar rivojlanadi. Taxikardiya
chuqurlashadi (1 daqiqada 120 zarbadan ortiq), aksariyat tomir urishida
aritmiya, hamda yurak etishmovchiligi (Lang bo’yicha II-III darajasi) yuzaga
keladi. Asosiy modda almashinuv – 60% va undan ko’proqqa ortadi, bemor
nihoyatda ozib, tanasining vazni keskin kamayib ketadi. Mehnatga layoqat va
qobiliyat ko’pchilik bemorlarda batamom yo’qoladi.
Dostları ilə paylaş: |