ayniqsa, yoqa tugmasini qadayotganda yoki yuqori va pastga, o’ng va chap
tomonga qilinayotgan harakatlarda bo’yin sohasida “o’ng’aysizlik” sezadilar,
quruq yo’tal bo’ladi, tovush bo’g’iladi, nafas olish qiyinlashadi. Keyingi
belgilardan biri traxeomalyatsiya bilan bog’liq bo’lib, traxeya va xiqildoqda
nerv idorasi (boshqarishi) buzilib, buqoqning muttasil bosib turishi oqibatida
traxeya devorining yupqalashishi kuzatiladi. Nafas olish jarayonining buzilishi –
to’sh ortidagi buqoqning ko’p uchraydigan belgilaridan biridir. Aksariyat
(ayniqsa to’sh ortidagi buqoqda), bemorlar tanani engashtirganda boshda
og’irlik sezishga shikoyat qiladilar. Bunday bemorlarni ko’zdan kechirganda
bo’yin venalarining kengayganligini, ko’krak qafasi devorining yuqori qismi
olishningbuzilishi “buqoqqa xos yurak” kabi o’zgarishlarga sabab bo’ladi.
15
enoftalm) paydo bo’lishiga, ezilgan tarafdagi tana yarmida ter ajralishining
kuchayishiga olib keladi.
Til osti suyagi pastida joylashgan buqoqda, xiqildoq usti qopqog’i qisilishi
oqibatida nafas olish jarayoni buziladi. Ayniqsa buqoqning bir qismi
qizilo’ngach orqasida joylashganda yutish, boshni burish qiyinlashadi. Kontrast
modda (BaSO
4
) yordamida qilinadigan rentgenologik tekshiruv aberrant buqoq
sohasida bariyning ushlanib qolishini, qizilo’ngachning oldingi tomon yoki
lateral yo’nalishda birmuncha surilganligini aniqlashga yordam beradi.
Aberrant buqoq – patologik kattalashgan qo’shimcha qalqonsimon bez
bo’lib, ko’pincha xavfli o’smaga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bez saratoni
(rak) ning bo’yin limfatik tugunlariga bergan metastazlarini, ba’zan aberrant
buqoq bilan adashtiriladi.
Davolash: unchalik katta bo’lmagan diffuz buqoqlarda tireoidin tayinlanadi.
Traxeya, qizilo’ngach va qon tomirlarni bosib yoki chetga surib qo’yadigan
katta diffuz buqoqda qalqonsimon bezni qisman yoki subtotal kesib olib
tashlashga (rezektsiya yoki ektomiya) to’g’ri keladi. Tugunli buqoqlarning
hamma turlarida (25% gacha kuzatililishi mumkin bo’lgan malignizatsiyani
hisobga olib), albatta operatsiya qilinadi. Bunda qalqonsimon bez rezektsiyasi
amalga oshirilib, shoshilinch gistologik tekshiruv o’tkaziladi, hamda natijaga
asoslangan holda muolajaga qo’shimcha tadbirlar belgilanadi. Endemik buqoq
profilaktikasida yod qo’shilgan osh tuzi ishlatish, sanitariya-gigienik tadbirlar
kompleksini ishlab chiqish alohida o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: