Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   363
Funktsional holati bo’yicha buqoqlar quyidagilarga bo’linadi: 

gipertireoid – qalqonsimon bez funktsiyasi oshgan, 

eutireoid – qalqonsimon bez funktsiyasi buzilmagan, 

gipotireoid – qalqonsimon bez funktsiyasi pasaygan bo’ladi. 

 



 

14 


Klinikasi va diagnostikasi 

Endemik buqoqning ham, sporadik buqoqning ham etakchi belgilaridan biri 

– qalqonsimon bezning kattalashuvi hisoblanadi. Bez sohasini ko’zdan kechirish 

va  paypaslab  ko’rish  qalqonsimon  bezning  qay  darajada  kattalashganligini 

aniqlashga imkon beradi. 

Joylashuviga  ko’ra  bo’yinning  old  qismida,  to’sh  ortida  va  til  osti  suyagi 

pastida  joylashgan  buqoq  farqlanadi.  Ko’pchilik  bemorlarda  qalqonsimon  bez 

faoliyati  buzilmagan  bo’lsa-da,  buqoq  endemiyasi  sezilarli  bo’lgan  joylardagi 

kishilarda  kasallik  gipo-  yoki  gipertireoz  belgilari  bilan  o’tishi  mumkin. 

Gipotireozli bemorlar odatda tashqi ta’sirlovchilarga reaktsiyalari sekinlashgan, 

aqliy  va  jismoniy  ish  qobiliyati  sustlashgan  bo’ladi.  Bemorlar  tabiatan 

bo’shashgan,  lanj,  sovuqqa  chidamsiz  bo’lib  qoladilar.  Tekshiruv  natijalari: 

bradikardiya,  reflekslarning  pasayganligini  aniqlaydi.  Tug’ma  gipotireozda, 

kretinizm belgilarining avj olishi kuzatilib, jismoniy hamda ruhiy rivojlanishdan 

keskin orqada qolish belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin