Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Qalqonsimon bez (glandula thyreoidea) degan nomni Wharton, uning
qalqonga (thyreos – yunoncha qalqon) o’xshashligi tufayli 1656 yilda bergan.
Bez bo’yinning oldingi sathida, uzuksimon tog’aylarning I-IV traxeal halqalari
sohasida joylashgan bo’lib, ikkita bo’lak va ularni birlashtirib turuvchi –
bo’yincha qismidan tashkil topgan.
Bezning vazni balog’atga etgan odamda normada ≈ 25-30 grammga etadi,
O’zbekistonda sharoitida esa, birmuncha kattalashgan bo’lib, ayniqsa endemik
o’choqlarda ≈ 40-50 grammgacha bo’lishi mumkin. Bez bo’yinning to’rtinchi
fastsiyasi bilan qoplangan bo’lib, ichki (yupqa) va tashqi (qalin) varaqalari
orasida joylashgan, ular orasidan arteriya qon tomirlari o’tadi.
Qalqonsimon bezni asosan 4 ta arterial tomiri: tashqi uyqu arteriyasi
tarmoqlaridan juft – yuqori qalqonsimon arteriyalar va o’mrov arteriyasidan
keladigan juft – pastki qalqonsimon arteriyalar qon bilan ta’minlab turadi.
Ba’zan qon ta’minotida aorta ravog’i va nomsiz arteriyadan tarmoqlanadigan
beshinchi toq arteriya qatnashadi. Innervatsiya – simpatik va parasimpatik nerv
tolalarilari orqali amalga oshiriladi. Qalqonsimon bez yodlangan gormonlar –
tiroksin, triyodtironin (T
3
), tetrayodtironin (T
4
), shuningdek yodlanmagan
tireokal, tireokaltsitonin gormonlarini ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok
etadi.
Gormonlar hosil bo’lishi uchun yod va tirozin aminokislotasi asosiy
tarkibiy qismlar bo’lib xizmat qiladi. Yod inson organizmiga ovqat, suv, havo
bilan va organik, hamda noorganik birikmalar tarkibida tushadi. Organizmda
yod miqdori birmuncha o’zgarib turadi, uning ortiqcha qismi siydik (98%) va o’t
suyuqligi (2%) bilan ajralib chiqadi.
Yod birikmalari qonda kaliy va natriy yodidlarini hosil qiladi, ular
oksidlovchi fermentlar (peroksidaza va tsitoxromoksidaza) ta’siri ostida oddiy
7
yodga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bezda esa, yod moddasining oqsil bilan
birikmalari hosil bo’ladi. Yod atomlari tirozin oqsili (tirozin aminokislotasi
qoldig’i) bilan gormonal aktivlikka ega bo’lmagan (yodlangan tirozinlar)
birikmalarini: monoyodtirozin (MYT) va diyodtirozin (DYT) hosil qiladi. Bular
esa, o’z navbatida aktiv tireoid gormonlar: tiroksin, tetrayodtironin (T
4
) va
triyodtironin (T
3
) ga aylanishda, asosiy substrat bo’lib xizmat qiladi.
Qalqonsimon bezdan tomir o’zaniga tushgan tiroksin qon zardobining
oqsillari bilan bog’lanadi, buning natijasida qonda bog’langan (proteinli) yod
kontsentratsiyasi ortadi, uning miqdorini aniqlash, qalqonsimon bez sekretor
aktivligi ko’rsatkichi sifatida diagnostik ahamiyatga ega bo’ladi.
Markaziy nerv sistemasi, gipofiz va qalqonsimon bez orasida to’g’ridan-
to’g’ri va aksari bog’lanishlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez gormonlari
sintezi, hamda uni ishlab chiqarilishi, ular orqali boshqarib boriladi. Yod
saqlovchi gormonlar miqdori ko’payganda gipofizning tireotrop faoliyati
pasayadi va aksincha, ular etishmaganda – ortadi. Tireotrop gormon
ishlanishining ortishi, nafaqat qalqonsimon bez faoliyatining ortishiga yoki
pasayishiga, balki bezning diffuz yoki tugunsimon giperplaziyasiga ham olib
keladi.
Tiroksin va triyodtironin inson organizmida kechadigan oksidlanish
jarayonlarini rag’batlantiradi, xujayra va to’qimalarning normal o’sishi uchun
zarur bo’lgan kislorod sarfini kuchaytiradi, tuz va suv almashinuvida muhim
o’rin tutadi, hamda oqsillar sintezini yaxshilaydi. Ular glyukoza va
galaktozaning ichaklarda so’rilishini, xujayralarda sarflanishini kuchaytiradi,
glikogen parchalanishini oshiradi, uning jigardagi miqdorini kamaytiradi, yog’
almashinuviga
jiddiy
ta’sir
ko’rsatadi.
Qalqonsimon
bez
gormoni
tireokaltsitonin – paraqalqonsimon bezlar gormoni bilan birgalikda organizmda
kaltsiy va fosfor moddalarining almashinuvini bevosita idora qilib turadi.
Dostları ilə paylaş: |