8
kechirish va bezni paypaslab ko’rish orqali to’plash mumkin. Bezni ko’zdan
kechirish buqoq bor yoki yo’qligini, o’zgarishning joylashgan o’rnini (o’ng yoki
chap bo’lagi, bo’yni, «yashiringan» buqoq), yutish harakatlarida uning
harakatchanligini, giperplaziya xarakterini (tugunsimon, diffuz buqoq), bo’yin
venalarining bo’rtib chiqqanligini va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga
xos belgilarni (bemorning notinch hatti-harakatlari, ko’z simptomlari, barmoqlar
titrashi, astenizatsiya va boshqalar) aniqlash imkonini beradi (1-rasm).
1-rasm. Buqoq turlari (diffuz, aralash va tugunli buqoq).
Paypaslab ko’rishni ikki usulda bajarish mumkin:
- bemor vrachga orqasini o’girib, boshini oldinga va pastga bir oz
engashtirib o’tirgan holatda. Bu holatda bo’yin mushaklari bo’shashadi va bezni
9
tekshirish osonlashadi. Har bir qo’lning to’rttala barmog’i bez ustida joylashadi,
bosh barmoqlar esa bo’yinni orqa tomondan egallaydi;
- bemor vrachga yuzma-yuz qarab o’tiradi yoki tippatik turadi, bunda har
bir qo’lning to’rttala barmog’i bemor bo’ynining yon tomonlarida joylashadi,
ikkala bosh barmoq bilan bez paypaslab ko’riladi.
Bemorda bezni paypaslash vaqtida bemordan yutinish harakatlarini qilish,
boshni ko’tarish yoki engashtirish so’raladi. Chunki, shunday paypaslab
ko’rilganda, bezning chegaralari, uning to’sh ortida yoki yuqoriroqda
joylashganligi to’g’risida muhim diagnostik ma’lumotlarni olish mumkin (2-
rasm).
10
2-rasm. Buqoq turlari (diffuz, tugunli va aralash buqoq).
Asosiy modda almashinuv jarayonini o’zgarish darajasini aniqlash,
qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar diagnostikasida asosiy testlardan biri
hisoblanadi. Bu usul, yutilgan kislorod va karbonat angidrit (SO
2
) gazlari
miqdorini hisoblashga asoslangan bo’lib, bilvosita kalorimetriya yordamida
asosiy modda almashinuv jarayoni darajasi aniqlanadi. Normada asosiy modda
almashinuv o’zgarishi ±10% ga teng bo’ladi. Oqsilga bog’langan yod (OBY)
miqdorini aniqlash, qalqonsimon bezning haqiqiy funktsional holatini aks
ettiradi. Sog’lom odamda, odatda OBY miqdori 3,5-7,5 mkg ni tashkil etadi.
Radioaktiv moddalar (I
131
va b.) bilan tekshirish yod almashinuvi
jarayonining noorganik va organik bosqichlarini o’rganish, yod va gormonlar
ishlab chiqarilishining periferik bosqichi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon
yaratadi. Normada qalqonsimon bezda I
131
yig’ilishi 2 soatdan keyin 5-10% ni
tashkil etsa, 24 soatdan keyin 20-30% ni tashkil etadi. Qalqonsimon bez
faoliyati oshganda, bu ko’rsatkichning miqdori birmuncha yuqori bo’ladi.
Stsintigrafiya qalqonsimon bez chegaralari va o’lchamlarini aniqlash,
o’smasimon tuzilmalar, metastazlar yoki aberrant bez to’qimasi borligini
aniqlash imkonini beradi. Jumladan: tugunli buqoqda I
131
ni qalqonsimon
11
bezning ma’lum bo’lagida ko’p miqdorda yig’ilishi (“issik tugun”) – uning
funktsional giperaktivligidan dalolat beradi, to’qimada preparat singmagan
o’choqlarning (“sovuq tugun”) bo’lishi – ko’pincha uning xavfli tabiatidan yoki
kista, kaltsifikat, qon quyilishi yoki fibroz o’zgarishlar borligidan darak beradi.
T
3
va T
4
gormonlarini radioimmun usullar yordamida tekshiriladi. Ularning
nisbatini va tireotrop gormonni tekshirish gipofiz va qalqonsimon bez faoliyati
orasidagi bog’lanishni aniqlashga yordam beradi.
Qalqonsimon bezni ultratovush yordamida tekshirish (skanerlash),
noinvaziv tekshirish usullaridan biri bo’lib, unda qalqonsimon bez
giperplaziyasi darajasi, chegaralari, o’lchamlari, tugunlar borligi, zichligi,
boshqa a’zolar bilan nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. Odatda, I
131
bilan
radioaktiv tekshiruv o’tkazib bo’lmaganda (preparat yo’qligi, bez yod saqlovchi
preparatlar bilan blokada qilinganda), bu usulning qimmati yanada oshadi.
Komp’yuter tomografiya tekshiruv usuli eng yangi usullardan hisoblanib,
qalqonsimon bez chegaralarini va uning tarkibini aniq va ravshan ko’rsatib
beradi. Bu usul, ayniqsa bezning ko’ks ortida joylashgan turlarida, uning
chegaralari va boshqa to’qimalarga munosabatini aniq ko’rsatadi. Qalqonsimon
bez saratoniga (rak) shubha qilinganda yoki har qanday tugunli buqoqda, bez
to’qimasidan namuna olish (biopsiya), bizga qo’shimcha ma’lumot beradi. Uni
operatsiyaga qadar yoki operatsiya vaqtida bajarish lozim, chunki bu
ma’lumotlarga
(biopsiya
natijalari)
tayanish,
operatsiya
hajmini
kengaytirilishiga yoki davolashning keyingi bosqichi darajasini belgilashga
zamin yaratadi.
Laringoskopiya, buqoq kasalligi bor bo’lgan barcha bemorda, hatto tovush
o’zgarmagan taqdirda ham, o’tkazilishi lozim bo’lgan tekshiruv usulidir. Bunda
patologik jarayonga, qaytuvchi nervlarning bez giperplaziyasiga aloqasini qay
darajada ekanligini, bog’liq holda yuzaga keladigan tovush bog’lamlarining
yashirin falajini aniqlash imkoniyatlarini beradi.
Dostları ilə paylaş: