Klinikasi va diagnostikasi. Ilmiy adabiyotlarining guvohlik berishicha
kasb-kor nuqtai nazaridan diffuz toksik buqoq bilan ko’proq aqliy mehnat
xodimlari kasallanadilar. Qishloq joylarda yashovchi aholi tireotoksikoz bilan 3-
5 marta kamroq kasallanadi. Aftidan, bunda birmuncha tinch va qulay bo’lgan
atrof muhitning (tabiiy omillar, ochiq havoda ishlash) ahamiyati katta bo’lsa
kerak.
Tireotoksikozga xos belgilar toksik buqoqning nafaqat diffuz giperplaziyasi
bor turida, balki tugunli (yoki ko’p tugunli), aralash kabi patologik turlarida
xam uchraydi.
Tireotoksikozning rivojlanish darajasi hamisha ham qalqonsimon bezning
kattalashuv darajasiga bog’liq bo’lavermaydi: ba’zan bez o’lchamlari kichik
bo’lsa ham tireotoksikozning rivojlanish darajasi yuqori, yoki aksincha, bez
o’lchamlari katta bo’lgani bilan tireotoksikoz deyarli rivojlanmasligi mumkin.
Demak, buqoq kasalligida qalqonsimon bez hajmining katta-kichikligi klinik
belgilarining og’ir-engilligiga hamisha ham muvofiq kelavermaydi. Kezi
kelganda shuni aytish kerakki, tireotoksikozning rivojlanish darajasining
yuqoriligi, ko’pincha sporadik buqoqda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Endemik
buqoqda esa, ko’pincha qalqonsimon bez hajmining kattalashgan (yoki juda
katta) bo’lganligiga qaramay, tireotoksikoz darajasi pastligi yoki umuman
aniqlanmasligi mumkin. Shu sababdan, agar sporadik buqoqda operatsiya uchun
ko’rsatma tireotoksikozning kuchli darajada rivojlanishi oqibatida qo’yilsa,
buning aksi, endemik buqoqda operatsiya uchun ko’rsatma ko’pincha bez
hajmining o’ta kattalashgani sababli, yaqin atrofida joylashgan a’zolarni
(qizilo’ngach, traxeya va b.) siqilishi yoki surib qo’yilishi sababli ular
faoliyatining buzilishi, yoinki kosmetik nuqtai nazardan qo’yiladi.
Tireotoksikozning asosiy simptomlari nerv va yurak-qon tomirlar sistemasi
tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar hisoblanadi. Asab va nerv sistemasi
tomonidan
bo’ladigan
o’zgarishlar:
asabiylashish
(ortiqcha
ruhiy
18
qo’zg’aluvchanlik), bezovtalik, kayfiyatning damba-dam o’zgarib turishi,
badjahllik va yig’loqilik kabi belgilarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunga
qo’shimcha, simpatik nerv sistemasi aktivligining keskin ortishi: ko’p terlash,
tananing barcha sohalari, ayniqsa qo’l barmoqlari tremori (qaltirashi) (Mari
simptomi) bilan o’tadi. Yuz ko’pincha qizarib ketadi, bo’yin va ko’krak sohasi
tarqaluvchan qizil dog’lar bilan qoplanadi. Tana harorati o’zgarmaydi. Pay
reflekslari saqlangan holda yoki giperkinez kuzatiladi. Bemor sochlari to’kiladi,
ularning ranggi o’zgaradi, tirnoqlar mo’rtlashib, sinishi kuzatiladi. Bezovtalik,
qo’rquv, irodasizlik, jonsaraklik, parishonxotirlik va ko’zning chaqchayishi qayd
etiladi.
Ko’pchilik bemorlarda yurak-qon tomir sistemasi tomonidan buzilishlar:
taxikardiya (yurak urishining tezlashishi), aritmiya, yurak sohasida og’riq xuruji,
nafas qisishi, organizmda qon aylanishi etishmovchiligi erta muddatlarda
birinchi o’ringa chiqadi.
1-toifadagi bemorlarda vrachlar tireotoksikozning nerv-ruhiy shakli haqida
fikr yuritsalar, 2-toifadagi bemorlarni tireotoksikozning yurak qon tomirlarida
ko’proq o’zgarishi bor bemorlar turiga kiritadilar.
Tireotoksikozning erta belgilariga sababsiz umumiy holsizlikni kiritadilar.
Tireotoksik miopatiyaning bu belgilari metabolizm yoki modda almashinuvining
buzilishlariga uzviy bog’liq bo’lib, bemorlar ko’pincha me’da-ichak sistemasi
faoliyatidagi quyidagi aniq yuzaga chiqqan belgilarni qayd etadilar: qorinda
og’riq xurujlari, qayt qilish, ich ketishga moyillik, ichning buzilib turishi.
Erkaklarda jinsiy faoliyat birmuncha sustlashadi, ayollarda esa hayz ko’rish
davri (tsikli) buziladi (hatto amenoreyagacha), tuxumdonlar, bachadon
gipoplaziyasi, ko’krak bezlari atrofiyasi yuz berishi mumkin. Bu o’zgarishlar
ko’pincha bepushtlikka sabab bo’ladi.
Tireotoksikozda modda almashinuv jarayonlarining kuchayishi oqsillar va
yog’larning ortiqcha parchalanishiga olib keladi, natijada bemorning
odatdagidan ko’p ovqat iste’mol qilishiga qaramay, vaznining kamayishi
kuzatiladi. Organizmda suv va elektrolitlar almashinuvining buzilishi (diurez
19
ortishi, tashnalik, kuchli terlash), me’da osti bezi faoliyatining buzilishiga
(yashirin qandli diabet) olib keladi.
Kasallik rivojlanishi jarayonida bemorlarning ko’pchiligida birin-ketin
“ko’z simptomlari” yuzaga keladi. Ko’zning ”kattalashuvi” yoki chaqchayishi
(ekzoftalm) – retrobulbar kletchatkaning shishishi, o’sib qalinlashuvi yoki fibroz
to’qima bilan qoplanishi, modda almashinuvining buzilishi bilan uzviy bog’liq
bo’ladi. Ekzoftalm kasallikning barvaqt yuzaga keladigan, asosiy alomatlaridan
biri hisoblanadi.
Delrimpel simptomi – qovoqlarning katta ochilishi va ko’z yorig’ining
kengayishi – lagoftalm deb atalib, buning natijasida rangdor parda bilan yuqori
qovoq o’rtasida yo’l-yo’l chiziq paydo bo’ladi.
Shtelvag simptomi – ko’zning ahyon-ahyonda pirillashi (ochilib-yumilishi),
ko’zga alohida harakatsiz ifoda beradi – “bir nuqtaga qadalgan nigoh” va
ko’zning shoxsimon pardasi sezuvchanligining pasayishi kuzatiladi.
Grefe simptomi – bemor pastga qaraganda yuqori qovoqning qorachiq
chetidan orqada qolishi. Bunda yuqori qovoq bilan rangdor parda o’rtasida
skleraning oq yo’l-yo’l chizig’i qoladi.
Koxer simptomi – Grefe simptomiga qarama-qarshi belgi bo’lib, yuqoriga
qaralganda skleraning xuddi o’sha qismi qovoqning noto’g’ri, tez-tez, qisqarishi
– “qovoq qisqarishi” natijasida oq yo’l-yo’l chiziq ko’rinishida yuzaga chiqadi.
Mebius simptomi – ya’ni yaqin masofadan qaray olish qobiliyatining
yo’qotilishidir (konvergentsiyaning buzilishi).
Melixov simptomi – “kahr-g’azab bilan qarash”.
Ellinek simptomi – yuqori qovoq terisining qorayishi.
Rozenbax simptomi – qovoqlarning yumilganda titrashi.
Zenger simptomi – qovoqlarning shishib chiqishi va xaltasimon osilib
qolishi.
Dalmedi simptomi – “qotib qolgan yuz” (amimiya). Yuz mushaklari
tonusining ortishi natijasida mimik harakatlar tormozlanib, ayni vaqtda boshqa
harakatlar saqlanib qolgan bo’ladi.
20
Tireotoksikozda yuzaga keluvchi ekzoftalmni xavfli ekzoftalmdan tafovut
qilish lozim, buni oraliq miya zararlanishi va gipofiz oldingi bo’lagi tireoid
gormonining ko’p ishlab chiqarilishi bilan bog’laydilar. Xavfli ekzoftalm esa
asosan o’rta yoshdagi kishilarda kuzatiladi. U bir yoki ikki tomonlama bo’lishi
mumkin. Ko’z olmasi shu darajada chaqchayib qoladiki, u ko’z kosasidan
bo’rtib chiqadi. Bemorlarni orbita (ko’z kosasi) sohasidagi kuchli og’riq,
diplopiya va ko’z harakatlarining cheklanishi bezovta qiladi. Konyunktivit,
keratit borligi, shoh pardada yara hosil bo’lishiga va parchalanishga moyillik
keltiradi. Orbita ichidagi bosimning o’zgarishi, ko’ruv nervining to’liq
atrofiyasigacha olib keladi.
Maxsus tekshiruvlar natijalari tireotoksikozning og’ir turlarida asosiy
modda almashinuvining 60-70% gacha ortishi, ba’zi hollarda bundan ham
yuqori bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Qalqonsimon bezning yodni singdirishi
tekshirishning dastlabki soatlarida normaga nisbatan keskin ko’tariladi.
Bemorlar qonida T
3
va T
4
hamda TTG miqdori ortadi. Biokimyoviy tahlillar
jigar va buyrak faoliyatini, uglevod, yog’, oqsil va modda almashinuvining
boshqa turlari buzilganligini ko’rsatadi. Qonda eritrotsitlar cho’kish tezligining
(EChT) ortishi, leykopeniya, limfotsitoz, gemoglobin va eritrotsitlar
miqdorining pasayishi aniqlanadi.
Stsintigrafiya – izotop to’planishining qanday taqsimlanishini ko’rsatadi va
diffuz tireotoksik buqoq bilan tugunli tireotoksik buqoq (toksik adenoma)
orasida differentsial diagnoz o’tkazishga imkon beradi, bunda izotopning
ma’lum bir joyda to’planishi – “issiq tugun” aniqlanadi.
Tireotoksik buqoq klassifikatsiyasida shakli va kattalashuv darajasi
bo’yicha yuqorida keltirilgan turlash batamom mos keladi, ammo tireotoksikoz
belgilarining yuzaga chiqqanligi yoki avj olganligi bo’yicha quyidagi 3 toifaga
bo’linadi:
- engil turi,
- o’rtacha og’irlikdagi,
- og’ir turi.
21
Tireotoksikozning engil turida nevrologik belgilar unchalik ifodalanmagan
(arzimagan narsadan xafa bo’lish, injiqlik, yig’loqilik, tez charchash) bo’lib,
qalqonsimon bez kattalashgan, bemorning tomir urishi birmuncha tezlashgan –
taxikardiya (1 daqiqada 80-100 zarba), qo’l va barmoqlarda kuchsiz ifodalangan
tremor bo’ladi. Bemor vazni 10% gacha kamayishi mumkin. Odatda, kunning
ikkinchi yarmida bemorda mehnat qilish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Asosiy modda almashinuv 30% dan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: |