Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   363
Paraqalqonsimon bezlar kasalliklari 

Paraqalqonsimon  yoki  qalqonsimon  bez  ortidagi  bezlar  (glandula 

parathyreoidea)  –  ichki  sekretsiya  bezlaridir.  Ular  qalqonsimon  bezning  orqa 




 

35 


sathida,  uning  kapsulasidan  tashqarida,  aksariyat  har  tomonida  ikkitadan  ya’ni 

juft bo’lib joylashgan. Ularning katta-kichikligi va miqdori birmuncha o’zgarib 

turadi.  Bezlarning  ichki  sekretor  faoliyatining  mahsuloti  paratgormon 

hisoblanib,  u  tireokaltsitonin  bilan  birga  kaltsiy-fosfor  almashinuvida  asosiy 

o’rin tutadi. 

Paraqalqonsimon  bezlar  kaltsiy-fosfor  almashinuvida  ishtirok  etadigan 

uchta a’zo: suyaklar, buyraklar va ichaklarga ta’sir qiladigan gormon vositasida, 

qonda  kaltsiyning  doimiy  miqdorini  saqlab  turadi.  Paratgormon  osteoblastlarni 

aktivlashtirib,  osteoklastlarga  o’tishini  ta’minlaydi  va  suyaklar  rezorbtsiyasini, 

skelet suyaklari mineralsizlanishini kuchaytiradi. Natijada qonga katta miqdorda 

kaltsiy  tushadi  va  giperkaltsiemiya,  giperkaltsiuriya  shu  bilan  izohlanadi. 

Giperkaltsiemiyada 

paratgormon 

ta’siri 


ostida 

buyrak 


kanalchalarida 

reabsorbtsiya  jarayoni  to’xtaydi  va  organizmdan  ortiqcha  kaltsiy  siydik  orqali 

chiqariladi. Paratgormon buyrak kanalchalarining proksimal bo’limlarida fosfor 

reabsorbtsiyasini  to’xtatadi  va  distal  bo’limlarda  uning  ekstraktsiyasini 

kuchaytiradi.  U  shuningdek ichakda  kaltsiy  rezorbtsiyasini  kuchaytiradi.  Uning 

ta’siri  vitamin  D  ta’siriga  qarama-qarshi  bo’lib,  ichak  devori  orqali  kaltsiy 

ionlari  o’tishiga  imkon  beradi.  Shunday  qilib,  paratgormon  etishmovchiligi 

gipokaltsiemiya, giperfosfatemiya va siydikda kaltsiy hamda fosfor kamayishiga 

sabab  bo’ladi.  Gormon  gipersekretsiyasi  mineral  almashinuvining  og’ir 

buzilishilarini,  so’ngra  esa  suyaklar  va  buyraklar  zararlanishini  keltirib 

chiqaradi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin