Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   363
Giperparatireoidizm. 

Birlamchi 

giperparatireoidizm 

(Reklingauzen 

kasalligi  yoki  generalizatsiyalangan  fibrokistoz  distrofiya)  osteoporoz,  kistalar, 

suyak  shakli  buzilishi  va  patologik  sinishi,  buyrakda  tosh  va  kaltsinoz  paydo 

bo’lishi bilan ta’riflanadi. Kasallik odatda 30 yoshdan keyin boshlanadi, asosan 

ayollar  kasallanadilar.  Giperparatireoidizmning  morfologik  substrati,  bezning 

yakka adenomasi yoki giperplaziyaga uchrashi hisoblanadi. 

Klinikasi  va  diagnostika.  Kasallikning  klinik  manzarasi  turli-tuman. 

Ko’proq buyraklar, suyaklar va me’da-ichak yo’li tomonidan belgilar kuzatiladi. 



 

36 


Uning klinik turlari: buyrakka, suyakka tegishli, aralash, vistseropatik va o’tkir 

giperparatireoz. 

Buyrak  turida  belgilari  siydik-tosh  kasalligiga  o’xshash  bo’ladi.  Bemorni 

buyrak  sanchig’i,  gematuriya,  poliuriya  bezovta  qiladi.  Infektsiya  qo’shilib 

kelishi  va  buyrak  parenximasidagi  degenerativ  o’zgarishlar  pielonefrit, 

urosepsis, azotemiya va uremiyaga olib keladi. 

Kasallikning  suyak  turi  uchun  bo’g’im,  suyak,  umurtka  pog’onasidagi 

og’riqlar  xos,  ular  hatto  tinch  turganda  ham  bosilmaydi.  Panja  barmoqlari 

falangalarida  suyak  qobiq  qavatining  suyak  usti  pardasi  emirilishi,  III  falanga 

distal  qismining  parchalanishi  (bu  suyaklarning  boshqa  kasalliklarida 

kuzatilmaydi)  erta  diagnostik  belgilar  hisoblanadi.  Ko’krak  va  bel 

umurtqalarining  to’liq  yoki  yassilanishi  bilan  o’tadigan  kuchli  osteoporoz 

kuzatiladi.  Vistseropatik  turida  giperparatireoidizm  me’da,  o’n  ikki  barmoqli 

ichak yarasi bilan birga uchraydi. 

Giperparatireoidizm 

diagnozi  anamnez, 

ob’ektiv 

ko’rik, 


belgilar, 

rentgenologik 

tekshiruv 

va 


gipokaltsiemiya, 

giperfosfatemiya 

va 

giperkaltsiuriyaning laboratoriya ko’rsatkichlari ma’lumotlari asosida qo’yiladi. 



Qalqonsimon  bez  orti  bezlarini  Co

57

  yordamida  stsintigrafiya  qilish,  bezning 



joyini va undagi morfologik o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.  

Davolash.  Birdan  bir  davolash  usuli  paratireod  adenomalarni  olib 

tashlashdan iborat. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin