Xirurgik kasalliklar


INGICHKA  ICHAK  KASALLIKLARI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   363
Travmatik  gemotoraks.  Ko’krak  qafasining  o’tmas  va  teshib  kirgan 

jarohatlari  oqibatida  paydo  bo’ladi.  Qon  ketish  manbalari:  qovurg’alararo  qon 

tomirlari, jarohatlangan o’pka, yirtilgan chandiqlar, yirik qon tomirlar va yurak 

jarohatlari bo’lishi mumkin.  

Kasallikning  kechishi.  Qon  yo’qotishning  umumiy  belgilari  bilan  birga 

anemiya  va  gipoksiya  holatiga  xos  bo’lgan  laborator  ko’rsatkichlarning  tahlili. 

Gidrotoraksning rentgen manzarasi uning turiga qarab bo’ladi. 

Gemotoraks  plevra  bo’shlig’iga  yig’ilgan qon  miqdoriga qarab  3  xil  turda 

bo’ladi: kichik gemotoraks, o’rtacha va katta gemotoraks. 

Kichik  gemotoraks  –  plevral  bo’shliqda  500  ml  gacha  qon  yig’ilishi.  Bu 

holat bemorning tashqi ko’rinishiga va fizikal tekshiruv ma’lumotlarida kam aks 

etadi. Rentgenogrammada o’zgarishlar deyarli ko’rinmaydi. 

O’rtacha gemotoraks – plevral bo’shliqda 500 dan 1000 ml gacha qonning 

yig’ilishi.  Rentgentasvirda  ko’krak  qafasining  qisman  qorong’ulashgan  qismi 

yaxshi ko’rinib turadi.Odatda bemorning rangi oqarib ketgan, anemiya belgilari 

yaqqol ko’rinadi, sovuq ter bosgan, arterial qon bosimi pasaygan, puls va nafas 

olishi tezlashgan bo’ladi. 

Katta gemotoraks – plevral bo’shliqda 1000 ml dan ko’proq qon yig’ilishi, 

rentgentasvirda 

o’pkaning  shu  tarafi  (gemotoraks  hisobiga)  to’liq 

qorong’ilashgan,  ko’ks  oralig’i  qarama-qarshi  tomonga  surilgan.  Gemorragik 

shok belgilari ham yaqqol namoyon bo’ladi. 

Davolash.  Qon  plevral  bo’shliqda  1000  ml  dan  ko’proq  bo’lganda  qon 

ketish manbaini topish va qon ketishni to’xtatish, ya’ni shoshilinch torakotomiya 

o’tkazish  talab  etiladi.  Kichik  gemotoraksda  –  plevra  bo’shlig’i  punktsiyasi 

o’tkazilib,  yig’ilgan  qon  alohida  tadbirlar  bilan  aspiratsiya  qilinib, 

autogemotransfuziya  (o’ziga  qayta  quyish)  amalga  oshiriladi.  Bu  orada 

torakoskopiya  o’tkazilib, qon  ketish  manbaini topish, uni ko’zdan kechirib qon 




 

47 


yo’qotish tezligiga baho berish va elektrokoagulyatsiya yo’li bilan uni to’xtatish 

lozim  bo’ladi.  Yirik  qon  tomirlar  jarohatlanganda,  o’pka  to’qimasidagi  katta 

jarohatlar  zudlik  bilan  jarrohlik  usulida  amaliyot  o’tkazilishini  talab  qiladi. 

Qolgan  hollarda,  plevral  bo’shliq  orqa  qo’ltiq  chizig’i  buylab  VI  qovurg’alar 

orasidan  drenajlanadi,  o’pka  to’qimasi  jarohatlanganda  esa,  o’rta  o’mrov 

chizig’i bo’ylab II qovurg’alar orasidan drenajlanib, uzluksiz aktiv aspiratsiyaga 

ulanadi. Muolaja: yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirishga qaratilgan bo’lib, shokka 

qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Agar drenajlar bo’yicha 

qon  yo’qotish  1  soat  mobaynida    200  ml  dan  oshsa  yoki  3  soat  ichida  soatiga 

300 ml dan oshadigan bo’lsa, torakotomiya amaliyoti bajarilishi shart bo’ladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin