Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   363
O’tkir  o’pka  abstsessi  –  o’pka  to’qimasining  chegaralangan  yiringli 

yallig’lanishi  va  bo’shliqlar  hosil  bo’lishidir.  Mikroaspiratsiya,  bronxlar  drenaj 

faoliyatining  buzilishi,  organizm  himoya  kuchlarining  keskin  pasayib  ketishi, 

shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka to’qimasida qon ta’minotining 

buzilishi  va  nekrozga  uchrashi  sababli  yuzaga  keladi.  Abstsesslar  gematogen, 

bronxogen, 

limfogen 

va 


travmatik 

tabiatga 

ega 

bo’lishi 



mumkin. 

Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar klinik amaliyotda birmuncha ko’proq 

uchraydi.  

Abstsesslar  uchun  biror  bir  spetsifik  mikroflora  yo’q.  Ular  streptokokk, 

stafilokokk,  diplokokk,  protey,  fuzobakteriyalar  va  mikrofloraning  boshqa 

turlaridan kelib chiqishi mumkin. So’nggi yillarda o’pkadagi yiringli jarayonlar 

rivojlanishida  noklostridial  anaerob  bakteriyalar  katta  ahamiyatga  ega. 

Abstsesslar joylashuviga ko’ra: periferik va markaziy, yolg’iz (yakka holda) va 

ko’p sonli, bir tomonlama va ikki tomonlama bo’ladi. 

Klinik manzarasida ikkita davr farq qilinadi: 




 

49 


1. Abstsessning bronxga yorilgunga qadar bo’lgan davri. 

2. Abstsessning bronxga yorilgandan keyingi davri. 

Birinchi  davrda:  kasallik  yuqori  harorat,  ko’krakda  og’riq,  yo’tal,  nafas 

siqishi,  ko’p  terlash  belgilari  bilan  boshlanadi.  Sekin-asta  rivojlanayotgan 

intoksikatsiya  belgilari  namoyon  bo’ladi.  Fizikal  usullar  bilan  tekshirishda: 

perkutor  tovushning  qisqarishi,  o’pkaning  zararlangan  qismi  ustida  nafas  olish 

shovqinining  sustlashishi  yoki  eshitilmasligini  qayd  qilish  mumkin.  Qon 

tahlilida  yuqori  leykotsitoz,  qon  formulasini  chapga  siljishi  kuzatiladi. 

Rentgenogrammalarda zich, turli xil o’lchamlardagi soyalar ko’rinadi. 

Ikkinchi davr: yo’talish paytida birdaniga ko’p miqdorda yiringli, badbo’y 

balg’am ajralashi, ba’zi hollarda balg’am qon bilan aralashgan holda ajraladi. Bu 

davrda 


odatda 

bemorning 

umumiy 

ahvoli 


birmuncha 

yaxshilanadi, 

intoksikatsiya  belgilari  kamayadi.  Abstsessning  o’lchamlari  katta  bo’lganda 

uning  ustida  amforik  nafas  shovqini  va  turli  kalibrdagi  nam  xirillashlar 

eshitiladi. 

Rentgenologik  tasvirda  yorilgan  abstsess,  gorizontal  suyuqlik  sathi  va 

perifokal  yallig’lanishi  bo’lgan  yumaloq  bo’shliq  shaklida  namoyon  bo’ladi. 

Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit aniqlanadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin