Xirurgik kasalliklar


Differentsial  diagnostikada



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   363
Surunkali o’pka abstsessi 

O’pkada  2-3  oydan  ko’proq  vaqt  mavjud  bo’lgan  nospetsifik  yiringli 

bo’shliqning  bo’lishi  –  o’pkaning  surunkali  abstsessi  deyiladi.  Surunkali 

abstsesslar  paydo  bo’lishiga  o’pkasida  o’tkir  yiringli  jarayonlari  bo’lgan 

bemorlarni kasalxonaga kech yotqizish, muolaja jarayonining etarli bo’lmagani, 

uni  statsionardan  klinik  jihatdan  to’liq  tuzalmasdan  va  rentgenologik 

tekshiruvsiz chiqarish sabab bo’ladi. 

Klinik  manzarasi.  Yiringli  balg’am  ajraladigan  yo’tal,  gipertermiya, 

o’rtacha  ifodalangan  intoksikatsiya  simptomlari  shular  jumlasiga  kiradi. 

Rentgenologik  tekshiruvda  ichki  konturi  aniq,  nozikroq  yallig’li  gardishli  va 

odatda 


ozroq 

suyuqlik 

sathi 

bo’lgan 


yumaloq 

bo’shliq 

ko’rinadi. 

Bronxografiyada  bir  yoki  bir  necha  bronxlar  bilan  o’zaro  bog’liq  bo’lgan 




 

54 


yumaloq  bo’shliq  aniqlanadi.  Bronxoskopiyada  yiringli  chegaralangan 

endobronxit aniqlanadi. 

Davolash.  Radikal  operativ  davolash  –  segmentektomiya,  lobektomiya, 

pulmonektomiya.  Konservativ  muolaja  tamoyillari  o’tkir  jarayondagi  davolash 

kabi,  jarrohlik  amaliyotiga  tayyorgarlik  sifatida  yoki  jarrohlik  amaliyotiga 

monelik  qiladigan  ko’rsatmalar  bo’lganda  (jarayonning  ikki  tomonlamaligi, 

keksalik  yoshi,  qo’shilib  kelgan  patologiya  borligi),  mustaqil  davolash  vositasi 

sifatida foydalaniladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin