Xirurgik kasalliklar


JIGAR  XIRURGIK  KASALLIKLARI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363
Bronxoektatik kasallik 

Bronx-o’pka sistemasining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, bronxlar 

devori  elastik  va  mushak  komponentlarining  destruktsiyasi  munosabati  bilan 

bronxlarning  kengayib  ketishidan  (bronxoektazi)  iborat  bo’lgan  kasallik 

hisoblanadi.  Uning  rivojlanish  mexanizmini  bronx-o’pka  sistemasidagi  tug’ma 

buzilishlar, boshdan kechirilgan yallig’lanish jarayonlari, yot jismlarning ta’siri 

oqibatlari va shu kabilar bilan bog’laydilar. 

Bronxoektazlar  turiga  ko’ra  tsilindrsimon,  qopsimon  va  aralash  turlarga 

bo’linadi. Atelektatik bronxoektazlar alohida guruhga ajratiladi. Bronxoektazlar 

ayniqsa  bolalik,  o’smirlik  yoshida  va  navqiron  yoshda  birmuncha  ko’proq 

uchraydi. 

Ko’pchilik bemorlar uzoq vaqt xasta bo’lib yuradigan kishilardir. Anamnez 

to’g’ri  yig’ilganda  to’lqinsimon  kechayotgan  ko’p  yillik  kasallikni  aniqlashga 

muvaffaq bo’linadi. Bunda qisqa  muddatli avj olish davrlari davomli remissiya 

davrlari  bilan  almashinib  turadi.  Vaqt  o’tishi  bilan  tez-tez  avj  olishi  bo’lib 

turadi,  remissiyalar  esa  qisqaradi.  Kasallikning  o’ziga  xos  simptomlari:  o’pka-

bronx  infektsiyasining  tez-tez  qo’zib  turishi,  yiringli  badbo’y  hidli  (ko’pincha 

ertalab) balg’am ajralishi, nafas siqishi, qon tuflash, o’rtacha yuzaga chiqadigan 

intoksikatsiya  belgilari  hisoblanadi.  Kasallikning  so’nggi  bosqichlarida  bemor 

barmoqlari odatda nog’ora cho’plariga o’xshab ketadi, tirnoq falangalari esa soat 




 

55 


oynalari  ko’rinishiga  ega  bo’ladi.  Zararlangan  o’pka  qismi  auskultatsiya  qilib 

ko’rilganda, mayda pufakchali jarangdor xirillashlar qayd qilinadi. 

Rentgenologik  usulda  tasvir  olinganda,  o’pkaning  kasallangan  erlarida 

fibroz  qismlar  strukturasining  ari  iniga  o’xshash  ko’rinishda  ekanligi,  o’pka 

ildizi  soyasi  strukturasining  buzilganligi  aniqlanadi.  Bronxoskopiyada  diffuz 

yoki  aniq  chegaralangan  bronxit  ajralib  turadi,  bronxlarning  distal  kengayish 

simptomi  kuzatiladi  (Sul  belgisi).  Bronxografiya  tekshiruvi  bu  kasallikda  eng 

ko’p  ma’lumotlar  beradi  –  bronxlarning  kengayganligi  aniqlanadi:  ular 

tsilindrsimon, xaltasimon, kistasimon va aralash turlari ko’rinadi. 

Lokal  zararlanishda  jarrohlik  usulda  davolaniladi  –  segmentektomiya, 

lobektomiya, bilobektomiya, pulmonektomiya qo’llaniladi (5-rasm). 

 

 



5-rasm. Pulmonektomiya operatsiyasining bosqichlari. 

 

Konservativ  muolaja  faqatgina  jarayon  tarqoq  bo’lganida,  shuningdek 



jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik maqsadida o’tkaziladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin