O’pkadan qon ketishi – nafas yo’llaridan qon ajralib chiqishi, o’pkadagi
turli kasalliklarning ko’p uchraydigan va xatarli asoratidir. O’pkaning surunkali
yiringli kasalliklari orasida 10% dan 60% gacha hollarni tashkil etadi. Bunda
ko’p miqdorda qon ketishi faqat qon yo’qotilishi jihatidan emas, balki tezda yuz
beradigan asfiksiya sababli xavfli bo’ladi. L. M. Nedvetskaya klassifikatsiyasi
davolash naf bermayotgan ko’p qon ketishida shoshilinch jarrohlik amaliyoti
o’tkaziladi. Oshig’ich hollarda qon ketish manbaini aniqlay olmasdan bemor
axvoli og’ir paytida, ko’pincha majburan jarrohlik amaliyoti qilishga to’g’ri
keladi. Shuning uchun bunday hollarda jarrohlik amaliyoti natijalari rejali
jarrohlik amaliyotlariga qaraganda birmuncha yomon bo’ladi. Shu munosabat
bilan o’pkadan qon ketishini diagnostika qilish va davolashga yondoshishda
57
quyidagicha taktika tavsiya qilinadi. Hamma bemorlarni turli jarrohlik
amaliyotlarni bajarishga ko’rsatmalariga ko’ra quyidagi 2 guruhga bo’lish
mumkin:
1-guruh – o’pkasidan qon ketishi I-II darajali bemorlar, ularda davolash-
diagnostik tadbirlar intensiv davolash fonida shoshilinch bronxoskopiyadan
boshlanishi kerak. Shoshilinch bronxoskopiya asfiksiyaning oldini olish,
traxeobronxial shoxni qunt bilan sanatsiya qilish, qon ketishini to’xtatish uchun
bronxni vaqtincha obturatsiya qilishni o’z ichiga olgan qator chora-tadbirlarni
o’z ichiga oladi. Bemor ahvoli barqaror bo’lgandan keyin yaqin 6-12 soatda
bronxial arteriografiyani o’z ichiga olgan rentgenologik tekshiruv o’tkaziladi,
diagnoz aniqlanadi va zarur bo’lganda zararlangan tomonda bronxial arteriya
embolizatsiyasi bajariladi. Bunday taktika ko’pchilik bemorlarda qon ketishini
vaqtincha to’xtatish, qon ketishi tufayli yuz bergan gomeostaz buzilishlarni
yo’qotish uchun vaqtni qo’ldan boy bermaslik, bemorni qunt bilan tekshirish,
diagnozni aniqlash va ehtiyotlab jarrohlik amaliyotini o’tkazishga imkon beradi.
2-guruh – o’pkasidan qon ketishi III darajali bemorlar. Bunda bemorlar
kasalxonaga keltirilganda konservativ tadbirlar kompleksidan tashqari ularda
rentgenologik tekshirish bilan birga (rentgenoskopiya, ko’krak qafasini 2
proektsiyada
rentgenografiya
qilish)
fibrobronxoskopiya
qilish
zarur.
Fibrobronxoskopiya qattiq bronxoskopiyaga o’tish sharoitlarida o’tkazilishi
lozim, chunki bunday bemorlarda tekshiruv jarayonida ko’p qon ketish
ehtimolini istisno qilib bo’lmaydi. Olingan bronxoskopik rentgenologik
ma’lumotlar ko’pchilik bemorlarda qon ketish manbaini aniqlash, diagnoz
qo’yish, keyingi tekshiruv va davolash rejasini tuzishga imkon beradi. Jarrohlik
amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan hollari bo’lgan bemorlarda qon
oqishining takroran ro’y berishiga qarshi zararlangan tomonda bronxial
arteriyani embolizatsiya qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: