O’pka kistalari
O’pkaning kistalar bilan zararlanishlari kelib chiqishi va morfologik
tuzilishiga ko’ra turli xil kasalliklar guruhini tashkil qiladi. Qisman yoki to’liq
suyuqlik yoki havo bilan to’lgan yupqa devorli bo’shliq shakllanishi ular uchun
umumiy belgi hisoblanadi.
Kelib chiqishiga ko’ra kistalar tug’ma (haqiqiy) va orttirilgan (soxta)
bo’lishi mumkin.
Haqiqiy o’pka kistalari embrional va postnatal davrda o’pkaning
shakllanish jarayonlari buzilishi natijasida vujudga keladi.
Soxta kistalar ko’pchilik hollarda asosiy kasallikning yaxshi kechishi va
tuzalishi (abstsess, exinokokk, sil kavernasi, o’pka ichi gematomasi) natijasida
vujudga keladi.
O’pkada o’choqli emfizema zaminida shakllanadigan havoli bo’shliqlarni
haqiqiy va soxta kistalardan farq qilish lozim bo’ladi.
O’pka kistalarida klinik manzara ularda yallig’lanish jarayoni paydo
bo’lgandagina yuzaga chiqadi. Bunda harorat ko’tarilishi, balg’am ko’chadigan
yo’tal qayd qilinadi. Diagnoz rentgenologik tekshiruv asosida qo’yiladi.
62
Rentgenologik ikkita sindromlar guruhi – sharsimon va yumaloq tuzilmalar va
yupqa devorli bo’shliqlar aniqlanadi.
8-rasm. Ikkala o’pka polikistozi.
9-rasm. Chap o’pka polikistozi.
Kista yiringlaganda rentgenologik manzara ko’p jihatdan o’tkir yoki
surunkali o’pka abstsesslaridagi klinik manzarani eslatadi. Bronxografiyada
kista bo’shlig’i kontrast bilan to’ldiriladi, ayni vaqtda o’rab turgan bronxial shox
ham o’zgarmay qoladi. Asoratlangan kistalarni davolashda jarrohlik usuli
qo’llaniladi, u kistani olib tashlashdan yoki o’pka to’qimasi bir qismini
rezektsiya qilishdan iborat.
63
Radikal jarrohlik amaliyotga moneliklar bo’lganda o’pkaning yiringli
kasalliklariga davo qilishning umumiy printsiplari bo’yicha konservativ
davolash o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |