O’pkaning parazitar kasalliklari
O’pka exinokokki – mamlakatimizda eng ko’p tarqalgan parazitar o’pka
kasalligidir. Yurtimiz shu kasallikning endemik o’choqlaridan biri sanaladi.
Gidatidoz va alveolyar exinokokkoz farq qilinadi. O’pka aksariyat gidatidoz
jarayonga uchraydi.
Gidatidoz exinokokkoz – qo’zg’atuvchi – tasmasimon gijja Echinococcus
granulosis bo’lib, hayvonlar, aksariyat itlar, bo’rilar ichagida parazitlik qiladi.
Qo’ylar, yirik qoramol oraliq xo’jayini hisoblanadi. Asosan alimentar yo’l bilan
yuqadi. O’pkada parazit lichinkalari diametri 14-20 sm ga etadigan kistalar
shakliga ega bo’ladi. Kistalarning yupqa xitin pardasi bo’lib, uning atrofida zich
fibroz parda rivojlanadi. Ular orasida yoriqsimon bo’shliq bo’ladi. Uncha katta
bo’lmagan kistalarda klinik belgilar bo’lmasligi mumkin. Kista o’sib atrofidagi
a’zolarni bosib qo’yganda klinik belgilar paydo bo’lishi ehtimol.
Exinokokk kistasi bronxga yorilganda qattiq yo’tal tutib, o’zida xitin parda
uziq-yuluqlari va kichik palak otuvchi kistalarini tutgan ozroq miqdordagi
suyuqlik ajralib chiqadi. Ko’pchilik hollarda bemorlarning ahvoli yomonlashadi,
harorati ko’tariladi. Kista plevra bo’shlig’iga yorilganda keskin behollik, issiq
suyuqlik quyilgandek bo’lishi, hushni yo’qotish, arterial qon bosimining tushib
ketishi, sovuq ter paydo bo’ladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazilmasa,
yiringli plevrit rivojlanadi. Exinokokk kistasi yiringlab ketganda tana harorati
38-39°S gacha ko’tarilib, ko’p vaqtgacha balandligicha qoladi. Yiringlagan kista
yorilganda yo’tal bilan o’zida xitin pardasi qoldiqlari, skolekslar saqlagan
yiringli suyuqlik ajraladi.
Diagnoz rentgenologik tekshiruv orqali aniqlanadi – o’pkada gomogen,
konturlari aniq sharsimon tuzilmalar borligi shundan dalolat beradi. Qo’shni
bronx yotoq yarasida exinokokkning xitin va fibroz pardasi orasiga, perikistoz
64
yoriqqa havo tushganda rentgenogrammalarda cho’zinchoq o’roq shaklidagi va
kista chetida joylashgan yorug’ yo’l-yo’l gaz paydo bo’lishi qayd etiladi.
Bronxografiyada bu bo’shliq kontrast modda bilan to’ladi (subkapsulyar
kontrastlanish fenomeni).
10-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (to’g’ri proektsiya).
11-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (yonlama proektsiya).
65
12-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (KT).
13-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi bronxga yorilgan exinokokki (KT).
Exinokokk bronxga yorilganda va yiringlaganda rentgenologik manzara
o’pka abstsessidagi manzaraga o’xshash, ya’ni suyuqlik sathi konturlari aniq
bo’shliq
kurinadi.
Laboratoriya
ma’lumotlari:
aksariyat
eozinofiliya,
yiringlanishda EChT oshishi, leykotsitoz qayd qilinadi.
Diagnoz qo’yishga immunologik reaktsiyalar (Katsoni, komplementni
bog’lash, lateks-agglyutinatsiya) yordam beradi. Exinokokkoz jarrohlik usulida
davolanadi: Vishnevskiy, Bobrov, Vaxidov usulidagi exinokokkektomiya,
o’pkaning parazitar kistasi bo’lgan qismini kesish. Xozirgi kunda endoskopik
jarrohlik
amaliyotlari
rivojlangan
tufayli,
videotorakoskopik
usulda
exinokokkektomiya jarrohlik amaliyoti bajrilishi mumkin.
66
Ikki tomonlama jarayonda jarrohlik amaliyoti bosqichma-bosqich qilinadi.
O’pkasida exinokokkozi bo’lgan bemorlarning qarib 50 foizida ayni vaqtda jigar
ham zararlanishini eslatib o’tish lozim, davo taktikasi qo’llashda buni nazarda
tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: |