Alveolyar exinokokkoz – qo’zg’atuvchisi – Echinococcus multilocularis
yovvoyi hayvonlar – bo’ri, tulki, qutb tulkisi ichagida parazitlik qiladi. Oraliq
xo’jayini – olmaxon, suv qunduzi, nutriya. Hayvon terisini ishlash vaqtida,
yuqumli manbalar suvidan ichilganda yuqadi. Avval jigarni zararlantiradi, undan
o’pkaga o’sib kirishi mumkin. Xavfli o’sma kabi infiltrativ yo’l bilan tarqaladi.
O’pkada kam uchraydigan parazitar kasalliklardan paragonimoz, tsistitserkoz,
toksoplazmoz, askaridoz, amyobiaz, bilgartsiozni (shistosomoz) eslatib o’tish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |