Bronxlar va o’pkaning xavfsiz o’smalari
O’pkaning xavfsiz o’smalari gistologik tuzilishiga ko’ra turli-tuman. Ular
o’pkadagi har qanday – epitelial (papilloma, adenoma), biriktiruvchi, mushak
to’qimadan (fibroma, mioma, nevrinoma), shuningdek o’pkaga xos bo’lmagan,
embriogenez buzilishi natijasi bo’lmish abberant to’qimalardan (teratoma,
gemartroxondroma) o’sib chiqishi mumkin.
Bronx ichidagi o’smalar (aksariyat adenomalar) bronx bo’shlig’ida o’sib
qalinlashib, uning bo’shlig’ini toraytiradi, so’ngra batamom bekitib qo’yadi.
Ko’p uchraydigan dastlabki belgilari uzoq vaqtgacha yo’talib yurish, asta-sekin
kuchayib boradigan nafas siqishi, qon tuflash hisoblanadi. O’pka qismidagi
gipoventilyatsiya sababli unda ko’pincha zotiljam rivojlanadi. Yiringli jarayon
avj olishi yiringli balg’am paydo bo’lishiga olib keladi.
Rentgenologik manzara gipoventilyatsiya uchastkalari yoki atelektazlarni
aniqlashda yuzaga chiqadi. Tomogrammalarda bronx bo’shlig’ida o’sma soyasi
ko’rinib turadi. Bronxografiyada bronx cho’ltog’i aniqlanadi. Bronxoskopiya
diagnostika jihatdan eng ko’p ma’lumot beradi, bunda yuzasi silliq o’sma
topiladi. Tajriba bronx ichida adenomasi bor ko’pchilik bemorlarda uzoq
67
vaqtgacha to’g’ri diagnoz qo’yish qiyinligini ko’rsatmoqda. Yosh bolalarda
simptomlar triadasi (yo’tal, asta-sekin oshib boradigan nafas siqishi, qon tuflash)
bo’lganda vrach bronx ichida o’sma bormikan, deb taxmin qilishi va tegishli
tekshiruv o’tkazishi lozim.
Davolash – jarrohlik usulida. O’smali bronx rezektsiya qilinadi. O’pkaning
atelektaz bo’lgan qismida o’zgarishlar bo’lganda uni rezektsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |