Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   363
O’rta bo’lak sindromi 

O’rta  bo’lakning  surunkali  yallig’lanishi.  O’pkaning  atelektazi  hisobiga 

o’rta  bo’lak  bronxi  o’tkazuvchanligining  buzilishi  oqibatida  rivojlanadi. 

O’pkaning  yallig’lanish  kasalliklari  umumiy  sonidan  20-26%  ni  tashkil  etadi. 



 

56 


Kasallik  o’rta  bo’lak  bronxining  tuzilish  xususiyatlariga,  uning  kattalashgan 

limfa tugunlari tufayli ezilishiga bog’liq, surunkali kechish xususiyatiga ega. 

Klinik  manzarasi.  Yiringli  balg’am  ajralib  turadigan  yo’tal,  qon  tuflash, 

nafas  siqishi,  intoksikatsiya  alomatlari  bilan  ifodalanadi.  O’pkada  o’rta  bo’lak 

proektsiyasi 

ustida 


yirik-o’rtacha 

pufakchali 

xirillashlar 

eshitiladi. 

Rentgenologik  jihatdan  o’rta  bo’lak  atelektazi,  bronxoskopik  jihatdan  o’rta 

bo’lak  bronxi  o’tkazuvchanligining  uning  torayishi  hisobiga  buzilishi, 

chegaralangan 

yiringli 

endobronxit 

aniqlanadi. 

Bronxografiyada 

o’tkazuvchanlikning buzilishi, o’rta bo’lak bronxining «cho’ltog’i» aniqlanadi. 

Davolash  jarrohlik  usulida  –  lobektomiya  amaliyoti  qilinadi.  Jarrohlik 

amaliyotiga monelik qiladigan hollar bo’lganda (qo’shilib keladigan kasalliklar, 

keksa,yosh) konservativ muolaja olib boriladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin