Xirurgik kasalliklar


Kombinatsiyalashgan  davo



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   363
 

O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari 

O’pkaning  surunkali  yallig’lanish  kasalliklari  atamasiga,  o’pkadagi 

davomli nospetsifik yallig’lanish jarayoni natijasida o’pka parenximasi, bronxial 

va qon tomirlar sistemalari strukturasida o’ziga xos o’zgarishlar bilan o’tadigan 

va  o’xshash  klinik  manzara  orqali  namoyon  bo’ladigan  patologik  holatlarning 

katta bir guruhi birlashtiriladi. 

Bunday  kasalliklarning  o’ziga  xos  klinik  belgilari:  uzoq  vaqt  yo’talib 

yiringli  balg’am  ajratish,  aksariyat  qon  tupurib  yurish  hisoblanadi.  Kasallik 

odatda  avj  oladigan  tabiatga  ega  bo’ladi,  remissiya  va  avj  olish  davrlari  bilan 

o’tadi.  Avj  olishi  aksariyat  yilning  sovuq  mavsumlarida  qayd  etiladi.  Qo’zish 

davrida  yiringli  balg’amning  miqdorini  ortishi,  gipertermiya  qayd  qilinadi. 

Bahorda  avj  olib  boradigan  nafas  etishmovchiligi,  surunkali  intoksikatsiya 

belgilari aniqlanadi. 

O’pkaning  surunkali  yallig’lanish  kasalliklari  diagnostikasida  2  bosqich 

farq kilinadi: birinchi bosqich – sinchiklab so’rab-surishtirishni o’z ichiga olgan 

klinik  tekshirish,  ikkinchi  bosqich  –  rentgenologik,  endoskopik,  funktsional 

tekshirish  usullarini  o’z  ichiga  qamrab  olgan  asbob-uskunalar  yordamida 

(instrumental) tekshirish. 

O’pkaning  surunkali  yallig’lanish  kasalliklari  aniqlanganda  instrumental 

tekshiruvni  ko’krak  qafasini  ikkita  proektsiyada  rentgenografiya  qilish  va 

maxalliy  anesteziya  ostida  qilinadigan  bronxofibroskopiyadan  boshlanadi. 

Bunda  qo’lga  kiritiladigan  ma’lumotlar  jarrohlik  amaliyoti  o’tkazish  kerak 




 

53 


bo’lgan o’pka kasalliklari bor bemorlarni tanlab olishga va ayni vaqtda jarrohlik 

amaliyotiga  muhtoj  bo’lmay,  terapevtik  statsionarlarda  davolanishi  kerak 

bo’lgan bemorlarni aniqlashga imkon beradi. Tanlab olingan bemorlar guruhini 

ixtisoslashgan  torakal  bo’lim  sharoitlarida  sinchiklab  tekshirish,  tomografiya, 

bronxografiya, 

angiopulmonografiya 

bilan 

tenziometriya, 



radioizotop 

skannerlash,  spirografiya,  reografiyalarni  o’z  ichiga  oladi  va  aniq  diagnoz 

qo’yishga,  jarrohlik  amaliyoti  o’tkazishning  zarurligi  haqidagi  masalani  hal 

etishga hamda uning hajmini aniqlashga imkon beradi. 

Yallig’lanish  jarayoniga  o’pkaning  ko’pi  bilan  3  bo’lagi  qo’shilgan, 

bronxlar  va  o’pka  parenximasida  jiddiy  morfologik  o’zgarishlari  bor  bo’lgan 

bemorlar jarrohlik usuli bilan davolanishlari kerak. 

O’pkada  lokal  zararlanish  bo’lganda  funktsional  tekshirish  vaqtida 

aniqlangan  nafas  etishmovchiligi,  qo’shilib  kelgan  og’ir  patologiya  borligi, 

keksa  yoshdaligi,  jarrohlik  amaliyoti  o’tkazishga  monelik  qiladigan  hol 

hisoblanadi. Nafas etishmovchiligi belgilari unchalik ifodalanmaganda, qo’shilib 

kelgan  yashirin  patologiyada  jarrohlik  amaliyoti  o’tkazish  masalasi  individual 

hal qilinadi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin