Xirurgik kasalliklar


Differentsial  diagnostika



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363
Ko’krak qafasining sanchilgan va o’q tekkan jarohatlanishlari. Bemor 

ko’p  qon  yo’qotib  og’ir  ahvolda  keltirilganda,  jarohat  yurak  yoki  yirik  qon 

tomirlar  sohasida  joylashganda  shoshilinch  «tipik»  oldingi-yon  tomonlama 

torakotomiya  qilinib,  ko’krak  qafasi  a’zolari  taftish  (reviziya)  qilinadi  va  qon 

ketish  manbaini  topib,  uni  to’xtatish  choralari  ko’riladi.  Agar  bemor  ahvoli 

barqaror  bo’lsa,  avvalo  rentgenologik  tekshiruv  o’tkazish  lozim  bo’ladi.  Plevra 

bo’shlig’iga  teshib  kirgan  jarohatlarda  (pnevmotoraks,  gemotoraks)  – 

torakoskopiya  amaliyoti  qilinadi.  Torakoskopiya  yordamida  ko’krak  qafasining 

kaysi a’zosi jarohatlanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Yirik qon tomirlar, o’pka 

to’qimasi  jarohatlanib,  yirik  bronxlardan  qon  oqishi  davom  etayotganda 

jarrohlik amaliyoti o’tkazishga to’g’ri keladi. 

Agar aktiv qon oqishi va massiv havo kirganligining alomatlari bo’lmagan 

taqdirda  plevra  bo’shlig’i  drenajlanadi.  O’pka  to’qimasida  jarohatlanish 

bo’lmaganda  orqa  qo’ltiq  chizig’i  bo’yicha  VI  qovurg’alar  orasidan,  jarohat 

bo’lganda esa o’rta o’mrov chizig’i buylab II qovurg’alar orasidan drenajlanishi 

kerak  bo’ladi.  Diafragmaning  yaralangani  aniqlanganda  laparotomiya  va  qorin 

bo’shlig’i a’zolari taftishi o’tkazilishi kerak. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin