Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   363
Pnevmotoraks.  Pnevmotoraksning  paydo  bo’lishiga,  ko’krak  qafasining 

yopiq  va  teshib  kiruvchi  jarohatlanishlari,  shuningdek  bullyoz  emfizema  yoki 

polikistoz kasalliklarida o’pkaning spontan perforatsiyasi sabab bo’ladi. Odatda 

plevral bo’shliqda klapan mexanizmi paydo bo’lishi munosabati bilan havoning 

progressiv  yig’ilishi  bilan  xarakterlanadigan  tenzion  (klapanli)  pnevmotoraks 

ular  orasida  eng  xavflisi  hisoblanadi.  Bu  holat  o’pkaning  siqilishiga,  ko’ks 

oralig’ining surilishiga olib keladi. 

Klinik  manzarasi:  nafas  qisishi,  nafas  olishning  qiyinlashuvi,  teri 

qoplamlari  tsianozi,  taxikardiya,  arterial  qon  bosimining  (AQB)  tushib 

ketishidan  iborat  bo’ladi.  Zararlangan  tomonda  perkussiya  qilinganda  quticha 

tovushi  eshitiladi,  auskultativ  tekshiruvda  nafas  olish  shovqini  eshitilmaydi. 

Rentgenografik tekshiruvda: o’pka kollapsi, ko’ks oralig’ining sog’lom tomonga 

siljigani aniqlanadi. 

Davolash.  Plevral  bo’shliq  punktsiya  qilinadi  va  yig’ilgan  havoni  so’rib 

olish  uchun  aktiv  aspiratsiyaga  ulanadi,  keyin  torakoskopiya  o’tkaziladi. 

SHunday qilib, klapan pnevmotoraks ochiq pnevmotoraksga o’tadi (3-rasm).  

 

 



 

45 


 

 

3-rasm. Byulau bo’yicha plevra bo’shlig’ini drenajlash. 



 

Torakoskopiyada  aniqlangan  o’pkaning  talaygina  jarohatlarida  jarrohlik 

usuli qo’llanadi va bunda bajariladigan  jarrohlik  amaliyotining  hajmi  patologik 

jarayon  hajmiga  qarab  belgilanadi.  Kichik  jarohatlarda  plevral  bo’shliq  orqa 

qo’ltiq  chizig’i  bo’yicha  VII-VIII  qovurg’alar  orasida  va  o’rta o’mrov  chizig’i 

bo’yicha II qovurg’alar orasida drenajlanib, so’ngra aktiv aspiratsiya o’tkaziladi 

(4-rasm). 

 

 



 

4-rasm. Plevra bo’shlig’ini drenajlash va aktiv aspiratsiyaga ulash. 

 

Germetik  holat  vujudga  keltirilib  o’pka  yozilgandan  so’ng  2-3  sutka 



o’tgach,  drenaj  12-24  soatga  qisib  qo’yiladi.  Rentgenologik  tekshiruvda 

pnevmotoraks  qaytalanmayotganiga  ishonch  hosil  qilingach,  drenajlar  olib 

tashlanadi. Agar plevral bo’shliqda 3-4 sutka mobaynida germetik holat yuzaga 



 

46 


kelmasa,  jarrohlik  usulida  davolanadi.  Hozirgi  kunda  endoskopik  jarrohlik 

amaliyotlari rivojlanganligi tufayli, videotorakoskopik usulda jarrohlik amaliyoti 

bajrilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin