(2-q.)
Hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliq summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra
alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
(3-q.)
Alohida-alohida usul boʻyicha soliq toʻlovchi soliq solinadigan
va soliq solishdan
ozod etilgan aylanmalar uchun foydalaniladigan, olingan tovarlarning (xizmatlarning) hamda ular
boʻyicha toʻlangan soliq summalarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Bunda alohida-alohida
hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni
ajratish mutanosib
usulda amalga oshiriladi.
(4-q.)
Mutanosib usul boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan
hisobga olish uchun qabul
qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish (soliqni hisobga olmasdan) boʻyicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy
kalendar yil ichida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
(5-q.)
Mutanosib usuldan foydalanish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq,
shuningdek ushbu Kodeksning 269-moddasida nazarda tutilgan tartibda
hisobga olinishi lozim
boʻlgan soliq summasiga tuzatish kiritilgan hollarda hisobga olishga qabul
qilinmagan soliq soliq
toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida chegirib tashlanadigan xarajatlar
tarkibida hisobga olinadi.
(6-q.)
Agar soliq solinadigan aylanmalarning ulushi joriy soliq
davrida aylanma umumiy
summasining 5
foizidan oshib ketmasa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar
boʻyicha), shu jumladan uzoq muddatli aktivlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq
summasini joriy soliq davrida olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga toʻliq
kiritishga
haqli.
Dostları ilə paylaş: