(5-q.)
Soliq hisobotiga soliq toʻlovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida
koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
(6-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik
(topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni
koʻzlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturalar daftarlaridagi maʼlumotlarni ham belgilangan shakl boʻyicha taqdim etishi shart. Agar
bunday shaxslar soliq toʻlovchilar boʻlmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida
operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch
bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni
joʻnatuvchining) manfaatlarini koʻzlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida
olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan
maʼlumotlarni kiritadi.
(7-q.)
Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan
hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: