Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qayta tashkil etilganda soliq



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

276-modda. Qayta tashkil etilganda soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada 
belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga 
muvofiq oʻzining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi. 
(2-q.)
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qatʼi nazar, qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxsga qoʻyilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) 
olishda (olib kirishda) toʻlangan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq 
summasi ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar 
huquqiy voris soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, hisobga olinishi lozim. 
(3-q.)
Soliq summalarini hisobga olish qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi 
tomonidan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tovarlarni (xizmatlarni) olganda, unga taqdim etilgan 
hisobvaraq-fakturalar asosida, shuningdek huquqiy voris tovarlarni (xizmatlarni) olganda unga 
taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi. Soliq summalarini hisobga olish 


qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tomonidan tovarlar (xizmatlar) olinishi bilan bogʻliq 
majburiyatlar boʻyicha qarz huquqiy vorisga oʻtkazilganidan keyin toʻliq hajmda amalga 
oshiriladi. 
(4-q.)
Agar qayta tashkil etilgan shaxs ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq soliqning 
oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻlsa, lekin soliqning oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan summasi 
qayta tashkil etish tugallanguniga qadar unga qoplanmasa, koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni 
uning huquqiy vorisiga qoplanadi.
(5-q.)
Agar yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) 
soliq toʻlovchi boʻlmasa, qayta tashkil etilayotgan shaxs ushbu boʻlimda belgilangan tartibda 
soliqni hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga tuzatish kiritishni amalga oshirishi 
kerak. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin