2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib-
taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
chogʻida toʻlangan soliq summalari esa soliq toʻlovchiga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda
nazarda tutilgan tartibda qaytariladi. Mazkur qoida tovarlar reeksport bojxona tartib-taomiliga
muvofiq keyinchalik olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilganda ham qoʻllaniladi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
3) maxsus bojxona tartib-taomilini tugallash maqsadida gʻamlab qoʻyilgan narsalar,
shuningdek tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi;
4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning 1-3-bandlarida
koʻrsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib chiqilayotganda, agar bojxona
toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona tartib-taomillari
bilan soliq toʻlashdan ozod etish va (yoki) toʻlangan soliq summalarini qaytarish amalga
oshirilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(3-q.)
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, oilaviy, uy-roʻzgʻor ehtiyojlari va tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlar
olib oʻtilayotganda, tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib
oʻtilayotganligi munosabati bilan soliq toʻlash tartibi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda
belgilanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: