Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi 
chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish 
va hisobdan chiqarish tartibi 
(1-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida 
koʻrsatilgan, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron 
shakldagi xizmatlar koʻrsatadigan boʻlsa, va agar bu yuridik shaxsning oʻzi vositachilarsiz 
xizmatlarni oluvchi boʻlgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el 
yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) hisobga qoʻyish (hisobdan 
chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
roʻyxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda soliq 
agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga 
qoʻyish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxslari 
tomonidan soliq organiga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatish boshlangan (tugatilgan) kundan 
eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi. 
280-modda. Soliq solish obyekti va soliq bazasi. 
Soliq davri. Chet el yuridik shaxslari tomonidan 
soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
(1-q.)
Jismoniy shaxslarga elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha 
aylanma soliq solish obyektidir. 
(2-q.)
Chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi realizatsiya 
qilish joyi deb eʼtirof etiladigan, ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan elektron shakldagi 
xizmatlarni koʻrsatganda soliq bazasi mazkur xizmatlarning ularni realizatsiya qilishning haqiqiy 
narxlaridan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olingan holdagi qiymati 
sifatida aniqlanadi. 
(3-q.)
Bir chorak soliq davridir. 
(4-q.)
Soliq bazasi har bir chorak boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov (qisman 
toʻlov) kelib tushgan vaqtdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


(5-q.) 
Soliq bazasini ushbu moddaga muvofiq aniqlash chogʻida elektron shaklda 
koʻrsatiladigan xizmatlarning chet el valyutasida ifodalangan qiymati Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi (qisman toʻlovi) kelib tushgan oyning oxirgi 
kunida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblanadi. 
(6-q.)
Agar bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliqni 
hisoblab chiqarish boʻyicha majburiyat ushbu moddaga muvofiq soliq agentining zimmasiga 
yuklatilmagan boʻlsa, chet el yuridik shaxslari soliqni hisoblab chiqarishni mustaqil ravishda 
amalga oshiradi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin