5) Internet tarmogʻi orqali sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va bitimlar
tuzish uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan
texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini hamda boshqa imkoniyatlarni berish boʻyicha xizmatlar
koʻrsatish. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, Internet tarmogʻida
real vaqt rejimida
ishlaydigan savdo maydonchasini berish kiradi, bu maydonda potensial xaridorlar
avtomatlashtirilgan tartib-taomil vositasida oʻz narxini taklif etadi hamda taraflar avtomatik tarzda
yaratiladigan xabar orqali sotuv toʻgʻrisida xabardor qilinadi;
6) oʻz maqsadlari uchun yoki iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirish maqsadida Internet
tarmogʻida hozir boʻlishni taʼminlash va (yoki) saqlab turish, foydalanuvchilarning elektron
resurslarini (saytlarini va (yoki) Internet tarmogʻidagi saytlari sahifalarini) saqlab turish, ulardan
Internet tarmogʻidan boshqa foydalanuvchilarning foydalanishini taʼminlash, foydalanuvchilarga
ularni modifikatsiyalash imkonini taqdim etish;
7) dasturning masofadan va onlayn rejimida ishlashini
avtomatik tarzda saqlab turish,
Internet tarmogʻida axborot tizimlarini, saytlarni va (yoki) sahifalarni boshqarish boʻyicha
xizmatlar koʻrsatish;
8) basharti axborotni taqdim etgan shaxs undan Internet tarmogʻi orqali foydalanish
imkoniga ega boʻlsa, ushbu axborotni saqlash va unga ishlov berish;
9) axborot tizimida axborotni joylashtirish uchun real vaqt rejimida
hisoblash quvvatini
taqdim etish;
10) domen nomlar berish, xosting xizmatlarini koʻrsatish;
11) Internet tarmogʻi orqali xaridor tomonidan maʼlumotlar kiritilayotganda avtomatik
usulda yuzaga keladigan axborotni yetkazib berish, maʼlumotlarni
qidirish, soʻrovlarga koʻra
ularni saralash va ajratish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali mazkur maʼlumotlarni
foydalanuvchilarga taqdim etish boʻyicha avtomatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatish. Bunday
yetkazib berishlar jumlasiga, xususan, fond birjasining real vaqt rejimidagi maʼlumotlari,
matnlarning avtomatlashtirilgan tarjimasini real vaqt rejimida amalga oshirish kiradi;
12) potensial xaridorlar toʻgʻrisidagi axborotni qidirish va (yoki)
buyurtmachiga taqdim
etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
13) Internet tarmogʻidagi qidiruv tizimlaridan foydalanish imkonini berish;
14) Internet tarmogʻidagi saytlarda statistikani yuritish.
(2-q.)
Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga quyidagilar kirmaydi:
1) agar Internet tarmogʻi orqali buyurtma berilganda tovarlar yetkazib berish (xizmatlar
koʻrsatish) aslida Internet tarmogʻidan foydalanmagan holda amalga oshiriladigan boʻlsa,
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish;
2) elektron hisoblash mashinalari (shu jumladan kompyuter oʻyinlari) uchun dasturlarni va
moddiy jismlardagi maʼlumotlar bazalarini realizatsiya qilish (ulardan foydalanish huquqlarini
taqdim etish);
3) elektron pochta orqali maslahat xizmatlari koʻrsatish;
4) Internet tarmogʻidan foydalanish imkonini berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Dostları ilə paylaş: