Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

39-BOB. ELEKTRON SHAKLDA XIZMATLAR 
KOʻRSATUVCHI ChET EL YURIDIK SHAXSLARIGA 
SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI 
278-modda. Soliq toʻlovchilar 
279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi 
chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish 
va hisobdan chiqarish tartibi 
280-modda. Soliq solish obyekti va soliq bazasi. 
Soliq davri. Chet el yuridik shaxslari tomonidan 
soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
281-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda 
chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq hisobotlarini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
282-modda. Elektron shakldagi xizmatlar 
278-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi 
xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni 
jismoniy shaxslarga koʻrsatishga oid qism boʻyicha soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Agar chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida 
belgilangan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi 
Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa, bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari bilan 
topshiriq, vositachilik, agentlik shartnomalari yoki boshqa shunga oʻxshash shartnomalar asosida 
bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etadigan vositachilar boʻlgan chet el 
yuridik shaxslari bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliq 
agentlari deb eʼtirof etiladi. 


(3-q.)
Agar bunday xizmatlar vositachilar boʻlgan bir nechta yuridik shaxsning hisob-
kitoblarida izchil ketma-ketlikda ishtirok etgan holda koʻrsatilsa, bevosita jismoniy shaxslar bilan 
hisob-kitoblarda ishtirok etayotgan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsi, unda ushbu 
xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxsi bilan shartnoma mavjudligidan qatʼi nazar, soliq 
agenti deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Agar bunday xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga va 
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston 
Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan boʻlsa, bunday 
xizmatlarning xaridorlari boʻlgan mazkur shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin