(3-q.)
Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga)
konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq operatsiyalarni
amalga oshirishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi
zimmasiga soliq toʻlovchining ushbu boʻlimda belgilangan majburiyatlari yuklatiladi.
(4-q.)
Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga)
konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli
boshqaruvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hisobvaraq-
fakturalarni taqdim etishi shart.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi
(birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya
qilish uchun olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliqni hisobga olish imkoniyati faqat
shirkatning ishonchli shaxsiga, basharti sotuvchilar tomonidan ushbu shaxsga soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlsa, beriladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Shirkatning ishonchli shaxsi tomonidan boshqa faoliyat amalga oshirilgan taqdirda,
oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq
operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan va ushbu shaxs tomonidan oʻzining
boshqa faoliyati amalga oshirilganda foydalaniladigan tovarlarning (xizmatlarning) alohida-
alohida hisobi mavjud boʻlganda, soliq summalarini hisobga olishga boʻlgan huquq yuzaga keladi.
(7-q.)
Soliqni hisobga olishga oid qism boʻyicha xuddi shunday qoidalar konsessiya bitimiga
yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan
operatsiyalarga nisbatan belgilanadi.
(8-q.)
Shirkatning soliq hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan ishonchli shaxsi,
konsessioner, ishonchli boshqaruvchi oddiy shirkat shartnomasini (birgalikdagi faoliyat
toʻgʻrisidagi shartnomani) konsessiya bitimini, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini
bajarish jarayonida amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini har bir koʻrsatib oʻtilgan
shartnoma boʻyicha alohida-alohida yuritadi.
Dostları ilə paylaş: