3) norezident uchun - ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga
olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun - ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan oʻziga xos
xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar
oʻrtasidagi farq;
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun - birgalikda ishlab
chiqarilgan tovarni (koʻrsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda
ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga
kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq.
296-modda. Soliq bazasi
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim
boʻlgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
(2-q.)
Soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq
toʻlovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar
boʻyicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
(3-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu boʻlimga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy
tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha daromadlarning
(xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
(4-q.)
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida
belgilanmagan boʻlsa, soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida koʻrilgan zararlar soliq solish
maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda
kamaytiradi.
(6-q.)
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII
boʻlimi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham oʻz ichiga oladi.
(7-q.)
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu
Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
(9-q.)
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib
nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan
holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor
narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq toʻlovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari
koʻpayishiga olib kelsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq belgilanadigan
bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: