Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

Guruhlar 
tartib raqami 
Kichik 
guruhlar 
tartib raqami 

Amortizatsiya guruhlarining 
(kichik guruhlarining) nomi 
Amortizatsiyaning normasi, 
foizlarda 

Binolar va inshootlar 

Binolar 


Inshootlar 
10 
II 
Quvurlar, elektr uzatish va telekommunikatsiyalar 
liniyalari 
15 
III 
Mashinalar va uskunalar (transport uskunalaridan 
tashqari) 
20 
IV 
Transport uskunalari 

Havo va kosmik uchish apparatlari va ular bilan 
bogʻliq uskunalar, kemalar va qayiqlar, 
10 


lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yoʻl 
tarkibi) 

Avtotransport vositalari, avtomobil kuzovlari 
(korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar, boshqa 
transport uskunalari 
20 

Kompyuterlar va periferiya uskunalari 
40 
VI 
Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya 
qilinadigan aktivlar 
15 
(32-q.)
Soliq toʻlovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada 
belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblashga haqli. 
(33-q.)
Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq toʻlovchilar tomonidan har 
oyda aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv boʻyicha alohida 
hisoblanadi hamda uning boshlangʻich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan 
amortizatsiya normasining koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. 
(34-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka muvofiq huquqlari 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha 
amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan qatʼi nazar, 
foydalanishga topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadi. 
(35-q.)
Agar soliq toʻlovchi biror-bir kalendar oy ichida taʼsis etilgan, tugatilgan yoki qayta 
tashkil etilgan boʻlsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi: 
1) amortizatsiya taʼsis etilayotgan, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilayotgan soliq 
toʻlovchi tomonidan u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran hisoblanadi; 
2) amortizatsiya tugatilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan tugatish yakunlanadigan 
sanagacha, qayta tashkil etilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan esa qayta tashkil etish tugatiladigan 
sanagacha hisoblanadi. 
(36-q.)
Ushbu modda oʻttiz beshinchi qismining qoidalari oʻzining tashkiliy-huquqiy 
shaklini oʻzgartirayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(37-q.)
Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati toʻliq 
hisobdan chiqarilgan sanadan eʼtiboran yoki bunday aktiv soliq toʻlovchining amortizatsiya 
qilinadigan aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga koʻra chiqarilganda tugatiladi. 
(38-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq amortizatsiya qilinadigan aktiv 
tarkibidan chiqarib tashlangan aktivlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv 
amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan eʼtiboran tugatiladi va 
amortizatsiya qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki uni rekonstruksiya qilish 
(modernizatsiyalash) yakunlangan sanadan eʼtiboran qayta tiklanadi. 
(39-q.)
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu 
Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi. 
(40-q.)
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan 
tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi. 



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin