ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan (qarz beruvchining roziligi bilan qarz
oluvchi) amalga oshirgan, qiymatining oʻrni ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplab
berilmaydigan kapital qoʻyilmalar ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi.
(26-q.)
2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan amortizatsiya
qilinadigan aktivlarning qoldiq qiymati bunday amortizatsiya qilinadigan aktivlarning
boshlangʻich (tiklanish) qiymati va 2021-yil 1-yanvargacha hisoblangan (jamgʻarilgan)
amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
(27-q.)
2020-yilning 31-dekabridan keyin ishga tushirilgan amortizatsiya qilinadigan
aktivning qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymati va soliqni hisoblab chiqarish maqsadida
hisoblangan (jamgʻarilgan) amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ushbu
Kodeks 308-moddasining yettinchi qismiga muvofiq investitsiyaviy chegirma bekor qilingan
taqdirda, jamgʻarilgan amortizatsiya investitsiyaviy chegirma chegirib tashlangan holda
aniqlanadi.
(28-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida
nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar
jumlasiga kiritiladi.
(29-q.)
Agar ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalarini qayta baholash
hisobga olinmagan holda boshlangʻich qiymatdan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali
xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(30-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar amortizatsiyani hisoblash maqsadida, ushbu
moddaning qoidalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi asosiy fondlarining statistik
tasniflari hisobga olingan holda aktivni ishga tushirish sanasida amortizatsiya guruhlari (kichik
guruhlari) boʻyicha taqsimlanadi.
(31-q.)
Amortizatsiya qilinadigan barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno)
boʻyicha amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qoʻllanilgan
holda toʻgʻri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: