Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

307-modda. Nomoddiy aktivlarni 
amortizatsiya qilish xarajatlari 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar koʻrsatishda) yoki 
maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi oʻn ikki oydan ortiq vaqt) 
mobaynida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari 
(ularga boʻlgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq toʻlovchi ushbu aktivlarga 
nisbatan mutlaq huquqlarga ega boʻlsa, ushbu Kodeks 44-moddasining birinchi qismida 
koʻrsatilgan aktivlar kiradi. 
(3-q.)
Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur: 
soliq toʻlovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi; 
nomoddiy aktivning oʻzi mavjudligini va (yoki) soliq toʻlovchida intellektual faoliyat 
natijalariga boʻlgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada 
rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza 
hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan oʻzganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir 
shartnomaning) mavjudligi. 
(4-q.)
Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, 
guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan Oʻzbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga 
muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud 
nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan 
muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya har oyda soliq toʻlovchi tomonidan 
ularning boshlangʻich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish 
muddatidan, biroq soliq toʻlovchining faoliyati muddatidan koʻp boʻlmagan muddatdan kelib 
chiqqan holda hisob-kitob qilingan normalar boʻyicha hisoblanadi. 
(6-q.)
Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin boʻlmagan nomoddiy aktivlar 
boʻyicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi. 
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan istalgan nomoddiy aktivdan foydalanish va 
foydalanish huquqi uchun soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanadigan davriy (joriy) toʻlovlar ushbu 
Kodeks 305-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda 
xarajatlar deb eʼtirof etiladi va chegirmalar jumlasiga mutanosib ravishda foydalanish muddat 
davomida kiritiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin