2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qoʻllaniladigan tartibga
muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;
3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, yoʻl
hujjatlari, shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan
hujjatlar.
(6-q.)
Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni
sotib olish va hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi, shu xarajat sifatida
eʼtirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(7-q.)
Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa,
soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy
valyutada qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
(9-q.)
Agar buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq xarajatni
eʼtirof etish ushbu Kodeksga muvofiq xarajatni aniqlash va eʼtirof
etish tartibidan farq qilsa,
mazkur xarajat soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(10-q.)
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish
maqsadlarida, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki)
majburiyatlarning qiymati oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan
chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda toʻlangan xarajatlar mustasno.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(11-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya
hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli
aktivlarning dastlabki
qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida
va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.
(OʻzR 29.12.2021-
y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(12-q.)
Ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya
ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu
Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini
aniqlashda hisobga olinadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(Oldingi tahririga qarang)
(13-q.)
Soliq toʻlovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 332-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-q.)
Ushbu Kodeksning 306-316-moddalari va 45-bobida koʻrsatilgan xarajatlar ushbu
moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: